Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida (410-son)
24.09.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Komissiya qurilish sohasida litsenziyalar berish va ularni bekor qilish, ularning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Komissiyaning ishchi organi funksiyasini bajaradi, uning qarorlariga muvofiq litsenziyalarni rasmiylashtiradi, ularni qayta rasmiylashtiradi, litsenziya bitimlari tuzadi, litsenziyalar reyestrini yuritadi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi, litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turadi va tiklaydi.
4. Vazirlar Mahkamasining qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash komissiyasi ikki hafta muddatda:
Komissiya toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
litsenziyalanadigan faoliyatning tegishli turlari boʻyicha ishchi guruhlar tarkibini tasdiqlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 24-sentabr,
410-son
