Yer soligʻi toʻlash stavkasi boʻyicha zona chegaralarining sxemasi va tariflarini tasdiqlash toʻgʻrisida (X-109/03-son)
13.03.2014
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son), Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 690-modda) ijrosi yuzasidan yer soligʻi toʻlovlarini oʻz vaqtida mahalliy budjetga undirilishini taʼminlash, yer soligʻi toʻlash stavkalari asosida hududdagi zona chegaralarini belgilash va taʼriflarini joriy qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida oʻrnatilgan stavkalar asosida Chiroqchi tumani hududida 2014-yilda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer soligʻi stavkalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Yer soligʻini toʻlash stavkalari boʻyicha Chiroqchi tumani hududiy zona chegaralari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Chiroqchi tuman Davlat soliq inspeksiyasi (F. Ravshanov)ga:
ilovaga muvofiq tasdiqlangan zonalar hududi boʻyicha yer soligʻini toʻlovchilardan soliqlarni hisoblash va undirish;
barcha mahallalar fuqarolar yigʻini hududlarida soliqlarning ahamiyati, ayrim toifadagi jismoniy shaxslarga soliqlardan beriladigan imtiyozlar toʻgʻrisida, shuningdek soliqlarning oʻz vaqtida toʻlab borilishi toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini olib borish;
aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi boʻyicha amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati yuzasidan mahalla fuqarolar yigʻini raisi va faollari ishtirokida muntazam ravishda seminar yigʻilishlar oʻtkazish vazifasi yuklatilsin.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B. Togʻayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim R. KOMILOV
Chiroqchi t.,
2014-yil 13-mart,
X-109/03-son
Chiroqchi tuman hokimining 2014-yil 13-martdagi X-109/03-sonli qaroriga 1-ILOVA
Chiroqchi tuman hududida 2014-yilda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkalardan foydalanganlik uchun yer soligʻi
STAVKALARI
Chiroqchi tuman hokimining 2014-yil 13-martdagi X-109/03-son qaroriga 2-ILOVA
Yer soligʻi toʻlash stavkasi boʻyicha zona chegaralarining taʼriflari
