Tumandagi ayrim mahallalarning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida (IV/25-56-son)
05.06.2014
Qashqadaryo viloyati Xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 41-son, 448-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 41-42-son, 483-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining xulosasi va tuman hokimligining aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining 2014-yil 4-apreldagi № VK-11 sonli xulosasiga muvofiq tuman hokimining aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish, ularning nomlarini oʻzgartirish hamda yangi mahallalarga nom berish toʻgʻrisidagi taklifi maqullansin.
2. Tumandagi nomlari oʻzgartiriladigan aholi punktlarining tarkibiy qismlarining roʻyxati hamda yangi nomlangan mahallalar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq, oʻz nomida qoldiriladigan aholi punktlarining tarkibiy qismlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman Statistika boʻlimi (N. Nazarov), tuman arxitektori (Sh. Boboyev), tuman “Yermulkkadastr” xizmati DUK (U. Qodirov) va boshqa tegishli mutasaddi davlat organlari, tuman hokimligi nomlari oʻzgartiriladigan mahallalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va elektron bazani shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirsinlar.
4. Tuman ichki ishlar boʻlimi (O. Tojiyev) nomlari oʻzgargan mahallalarda yashovchi aholining fuqarolik pasportlariga, mazkur hudud aks ettirilgan yoʻl belgilariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirsin.
5. Tuman arxitektori (Sh. Boboyev)ga hududlarda nomlari oʻzgartiriladigan aholi punktlarining tarkibiy qismlarining yangi nomlari yozilgan koʻrsatkich va belgilar, peshlavhalarni zamonaviy dizayn asosida bosqichma-bosqich oʻrnatilishini taʼminlasin.
6. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashining 2013-yil 20-dekabrdagi IV/21-52-sonli qarori bekor qilinsin.
7. Mazkur qaror “Chiroqchi” gazetasida eʼlon qilinsin.
8. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash xalq deputatlari tuman Kengashining madaniy ijtimoiy rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi raisi (R. Joʻrayev) zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari tuman Kengashining raisi R. KOMILOV
Chiroqchi sh.,
2014-yil 5-iyun,
IV/25-56-son
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2014-yil 5-iyundagi IV/25-56-sonli qaroriga 1-ILOVA
Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Chiroqchi tuman hokimining tumandagi ayrim mahalla fuqarolar yigʻinlarini qayta nomlash boʻyicha
TAKLIFI
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2014-yil 5-iyundagi IV/25-56-sonli qaroriga 2-ILOVA
Chiroqchi tuman hududidagi nomlari oʻzgarmaydigan geografik obyektlar boʻyicha
TAKLIFLAR
T/r Geografik obyektning taklif etiladigan yangi nomi Geografik obyektning amaldagi nomi Obyekt turi va joylashishi Mahalla fuqarolar yigʻini 1. Chiroqchi MFY Sadat Oʻtayev MFY MFY, Chiroqchi shahri 2. Bogʻishamol MFY Oʻrol Bozorov MFY MFY, Chiroqchi shahri 3. Kishmishtepa MFY Abdizoxir Xamroyev MFY MFY, Chiroqchi shahri 4. Oʻzbekiston MFY Oʻzbekiston MFY MFY, Chiroqchi shahri 5. Yangiobod MFY Yangiobod MFY MFY,Chiroqchi shahri 6. Choshtepa MFY Boyman Elmurodov MFY MFY, Chiroqchi shahri 7. Alisher Navoiy MFY Alisher Navoiy MFY MFY, Chiroqchi shahri 8. Yangiqishloq MFY Yangiqishloq MFY MFY, Paxtaobod QFY 9. Chiljivut MFY Chiljivut MFY MFY, Olmazor QFY 10. Zarbdor MFY Zarbdor MFY MFY, Dam QFY 11. Yangiobod MFY Yangiobod MFY MFY, Humo QFY 12. Koʻktosh MFY Koʻktosh MFY MFY, Humo QFY 13. Navroʻz MFY Navroʻz MFY MFY, Dodiq QFY 14. Boʻronjuz MFY Boʻronjuz MFY MFY, Qahramon QFY 15. Dursun MFY Dursun MFY MFY, Qahramon QFY 16. Gʻallachi MFY Gʻallachi MFY MFY, Uyshun QFY 17. Oqoltin MFY Oqoltin MFY MFY, Uyshun QFY 18. Oqtosh MFY Oqtosh MFY MFY, Uyshun QF� 19. Arabbandi MFY Arabbandi MFY MFY, Mirzatoʻp QFY 20. Oʻymovut MFY Oʻymovut MFY MFY, Chiyal QFY 21. Toʻqmor MFY Toʻqmor MFY MFY, Chiyal QFY 22. Gʻallakor MFY Gʻallakor MFY MFY, Chiyal QFY 23. Suvliq MFY Suvliq MFY MFY, Qumdaryo QFY 24. Annaroʻz MFY Annaroʻz MFY MFY, Qumdaryo QFY 25. Chuvilloq MFY Chuvilloq MFY MFY, Qumdaryo QFY 26. Galabek MFY Galabek MFY MFY, Qalqama QFY 27. Quruqsoy MFY Quruqsoy MFY MFY, Langar QFY 28. Yanvar MFY Yanvar MFY MFY, Koʻkdala QFY 29. Oʻtamayli MFY Oʻtamayli MFY MFY, Koʻkdala QFY 30. Beglamish MFY Beglamish MFY MFY, Koʻkdala QFY 31. Guliston MFY Guliston MFY MFY, Torjilgʻa QFY 32. Ayritom MFY Ayritom MFY MFY, Eskianhor QFY 33. Paxtalisoy MFY Paxtalisoy MFY MFY, Eskianhor QFY 34. Taloqtepa MFY Taloqtepa MFY MFY, Yangihayot QFY 35. Harduri MFY Harduri MFY MFY, Yangihayot QFY 36. Shoʻrbozor MFY Shoʻrbozor MFY MFY, Yangihayot QFY 37. Qanotli MFY Qanotli MFY MFY, Chorvador QFY 38. Naymansaroy MFY Naymansaroy MFY MFY, Shoʻrquduq QFY 39. Oʻmakay MFY Oʻmakay MFY MFY, Shoʻrquduq QFY 40. Chambil MFY Chambil MFY MFY, Qalqama QFY 41. Yangiqurilish MFY Yangiqurilish MFY MFY, H�mo QFY 42. Toshli MFY Toshli MFY MFY, Chorvador QFY Koʻchalar 1. Qoʻshariq koʻchasi Zorkara Nurmatov koʻchasi Koʻcha, Oʻzbekiston MFY, Chiroqchi shahri 2. Terakzor koʻchasi Abdizohir Hamroyev koʻchasi (bir qismi) Koʻcha, Alisher Navoiy MFY, Chiroqchi shahri 3. Yangiqurilish koʻchasi Raxmatulla Abdullayev koʻchasi Koʻcha, Alisher Navoiy MFY, Chiroqchi shahri 4. Kishmishtepa koʻchasi Abdizohir Hamroyev koʻchasi (bir qismi) Koʻcha, Kishmishtepa MFY, Chiroqchi shahri 5. Kunchiqar koʻchasi Sobir Raximov koʻchasi Koʻcha, Kishmishtepa MFY, Chiroqchi shahri 6. Guliston koʻchasi Mustafo Jumanov koʻchasi Koʻcha, Oʻzbekiston MFY, Chiroqchi shahri 7. Mustaqillik koʻchasi (bir qismi) Yuldosh Oxunboboyev koʻchasi Koʻcha, Oʻzbekiston MFY, Chiroqchi shahri 8. Soyboʻyi koʻchasi Hamza koʻchasi Koʻcha, Oʻzbekiston MFY, Chiroqchi shahri 9. Chiroqchi koʻchasi Sadat Utayev koʻchasi Koʻcha, Chiroqchi MFY, Chiroqchi shahri 10. Yangibozor koʻchasi Boyman Elmurodov koʻchasi Koʻcha, Chiroqchi MFY, Chiroqchi shahri 11. Bogʻishamol koʻchasi Oʻrol Bozorov koʻchasi Koʻcha, Bogʻishamol MFY, Chiroqchi shahri 12. Xonjon koʻchasi Mustafo Jumanov koʻchasi Koʻcha, Bogʻishamol MFY, Chiroqchi shahri 13. Yangiobod koʻchasi Tolmas Tillayev koʻchasi Koʻcha, Yangiobod MFY, Chiroqchi shahri 14. Mustaqillik koʻchasi (bir qismi) Sputnik koʻchasi Koʻcha, Yangiobod MFY, Chiroqchi shahri 15. Choshtepa koʻchasi Boyman Elmurodov koʻchasi Koʻcha,Choshtepa MFY, Chiroqchi shahri
