Traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻzi yurar mashinalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, mashina-traktor parklari, ustaxona va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2014-yil uchun majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (X-225/03-son)
15.03.2014
Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2452, 2013-y., 25-aprel), (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunini 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, (tuman Mudofaa Ishlari boʻlimi, tuman Ichki Ishlar boʻlimi, tuman Milliy xavfsizlik xizmatidagi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida band boʻlmagan texnikalar bundan mustasno) korxonalar, tashkilotlar, fermer xoʻjaliklari hamda jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalari, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari 1-ilovaga muvofiq 2014-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2014-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuman ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman qishloq xoʻjalik davlat texnika nazorati inspeksiyasi inspektori N. Boynazarovga:
qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalari, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ish rejani yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq texnika texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqi miqdorida traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalarga 0,18 foiz, qishloq xoʻjaligi mashinalariga 0,10 foiz, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalariga 0,37 foiz miqdorida yigʻim undirish;
texnikani qayta koʻrikdan oʻtkazish uchun mulkdordan yigʻim undirilmaslik topshirilsin.
4. Gʻuzor tumani hokimining 2013-yil 25-martdagi X-262/03-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Oʻ. Panjiyev zimmasiga yuklatilsin.
6. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim Sh. DONAYEV
Gʻuzor sh.,
2014-yil 15-mart,
X-225/03-son
Tuman hokimining 2014-yil 15-martdagi X-225/03-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali
Izoh: hududdagi shaxsiy va fermer xoʻjaliklarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi texnikalari shu hududdagi MMTPlarda belgilangan vaqtda texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun yigʻiladi.
Tuman hokimining 2014-yil 15-martdagi X-225/03-sonli qaroriga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2014-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuman ishchi guruhi
TARKIBI
