Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (2616-son)
15.09.2014
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI FAN VA TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRIShNI MUVOFIQLAShTIRISh QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 15-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2616]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 31-iyuldagi PF-4639-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritilib, ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari 2014-yil 1-sentabrdan ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari oʻzgarganligini hisobga olib ish haqlarini qayta hisoblab toʻlanishini taʼminlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 31-dekabrdagi 8, 90-q/q va 117-son “Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2553, 2014-yil 8-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 2-son, 29-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi Sh. SALIXOV
Toshkent sh.,
2014-yil 10-sentabr,
6-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 10-sentabr,
22-Q/Q-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 10-sentabr,
61-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2014-yil 10-sentabrdagi 6, 22-Q/Q, 61-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r Lavozimlarning nomi Bazaviy lavozim maoshlarining miqdori, soʻm 1. Institut direktori professor 1 663 850,00 fan doktori 1 596 253,00 fan nomzodi 1 529 025,00 2. Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, institut va boshqa ilmiy muassasalar filialining direktori professor 1 529 025,00 fan doktori 1 474 701,00 fan nomzodi 1 408 725,00 3. Institutning ilmiy kotibi, Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (boʻlimi) mudiri fan doktori yoki professor 1 474 701,00 katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi 1 408 725,00 ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi 1 354 768,00 4. Filial va boshqa ilmiy muassasalar direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari fan doktori yoki professor 1 408 725,00 katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi 1 354 768,00 ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi 1 300 507,00 5. Bosh ilmiy xodim professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktori 1 408 725,00 katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktori 1 354 768,00 ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan doktori 1 300 507,00 6. Yetakchi ilmiy xodim ilmiy unvonga ega boʻlgan fan doktori 1 354 768,00 ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan doktori 1 300 507,00 ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi 1 236 324,00 7. Katta ilmiy xodim ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi 1 236 324,00 ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi 1 172 873,00 ilmiy darajaga ega boʻlmagan 1 110 834,00 8. Kichik ilmiy xodim fan nomzodi 1 172 873,00 ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yildan ortiq ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) 1 110 834,00 ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) 1 049 311,00 9. Tajriba orttiruvchi tadqiqotchi 925 818,00
