Tumanda 2014-yilda transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (X-93/02-son)
01.02.2014
Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomni ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududida joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.
4. Qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkaziladi.
yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart — 30-iyunda oʻtkaziladi;
jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-yanvar — 31-avgustda oʻtkazilsin.
5. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi rahbariga:
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash yuklatilsin.
6. Tumandagi barcha transport vositalari egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini texnik pasporti bilan birgalikda texnik koʻrikdan oʻtkazilishini, ularning texnik jihatdan sozligini va oʻz vaqtida reja jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori 3-bandiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining ichki va soqchilik qoʻshinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalari koʻrsatib oʻtilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi inobatga olinsin.
8. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq yigʻim undirilsin.
9. Tuman hokimining 2013-yil 19-fevraldagi X-98/02-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblansin.
10 Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi D. Roʻziyev zimmasiga yuklatilsin.
11. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim A. JOʻRAYEV
Yakkabogʻ t.,
2014-yil 1-fevral,
X-93/02-son
Tuman hokimining 2014-yil 1-fevraldagi X-93/02-sonli qaroriga 1-ILOVA
Texnik koʻrikni oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining
TARKIBI
Tuman hokimining 2014-yil 1 fevaraldagi X-93/02-sonli qaroriga 2-ILOVA
Yakkabogʻ tumanida mavjud boʻlgan transport vositalarining 2014-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Avtoxoʻjalik va tashkilot nomi Koʻrikdan oʻtadigan kun, vaqti Koʻrikdan oʻtadigan joy Transport vositasi soni I-bosqich 1. “Vatanparvar” MChJ 5.03.2014-yil soat 9-00 dan 14-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 17 2. Sinnon dovza MChJ 6.03.2014-yil soat 9-00 dan 12-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 8 3. Yakkabogʻ neftbaza filiali 11.03.2014-yil soat 9-00 dan 16-00 gacha Yakkabogʻ neftbaza filiali 14 4. Yakkabogʻ geofizika ekspeditsiyasi 13-14.03.2014-yil soat 9-00 dan 16-00 gacha Yakkabogʻ geofizika ekspeditsiyasi 183 5. EKO Efyel korxonasi 18.03.2014-yil soat 9-00 dan 11-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 2 6. Yakkabogʻ tongi maxsus suv qurilish taʼmirlash korxonasi 20.03.2014-yil soat 9-00 dan 11-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 3 7. Abduraxmonbobo XIChTK 24.03.2014-yil soat 9-00 dan 12-00 gacha Kafolat YTShK 6 8. Yakkabogʻ gaz toʻldirish shoxobchasi 25.03.2014-yil soat 10-00 dan 12-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 3 9. Fobos nur XK 26.03.2014-yil soat 9-00 dan 14-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 11 10. Yakkabogʻ don mahsulotlari MChJ 27.03.2014-yil soat 9-00 dan 11-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 6 11. Kafolat yoʻlovchi tashish shoʻbʼa korxonasi 27.03.2014-yil soat 9-00 dan 17-00 gacha Kafolat YTShK 23 12. Yetimtogʻ koʻrki 28.03.2014-yil soat 09-00 dan 11-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 1 13. Markaziy shifoxona 4.04.2014-yil soat 9-00 dan 14-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 8 14. Kommunalchi MChJ 8.04.2014-yil soat 9-00 dan 12-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 3 15. Nilufar Savdo doʻkoni 8.04.2014-yil soat 10-00 dan 11-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 1 16. Uzselxozximiya 9.04.2014-yil soat 10-00 dan 11-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 1 17. Moliya boʻlimi 09.04.2014-yil soat 13-00 dan 14-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 1 18. Oltinboshoq xususiy korxonasi 10.04.2014-yil soat 10-00 dan 12-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 3 19. YXTPTFK 10.04.2014-yil soat 14-00 dan 15-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 1 20. Qorabayr MChJ 11.04.2014-yil soat 9-00 dan 10-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 2 21. Mashʼal xususiy korxonasi 11.04.2014-yil soat 13-00 dan 14-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 1 22. Yakkabogʻ Hisor qurilish 15.04.2014-yil soat 10-00 dan 11-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 1 23. Gʻisht ishlab chiqarish korxonasi 15.04.2014-yil soat 13-00 dan 16-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 3 24. Buyuk Turon korxonasi 17.04.2014-yil soat 10-00 dan 12-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 3 25. Yakkabogʻ elektr tarmoqlari 18.04.2014-yil soat 9-00 dan 13-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 3 26. Tayyorlov savdo MChJ 22.04.2014-yil soat 10-00 dan 11-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 1 27. Uy-joy va gaz qurilish korxonasi 22.04.2014-yil soat 13-00 dan 15-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 2 28. Trans qurilish MChJ 23.04.2014-yil soat 9-00 dan 11-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 3 29. Nuriddin tadbirkor 23.04.2014-yil soat 13-00 dan 14-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 1 30. DSENM 24.04.2014-yil soat 10-00 dan 12-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 2 31. Irmantaj MChJ 25.04.2014-yil soat 9-00 dan 16-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 7 32. Sayiltepa sarchashmasi 26.04.2014-yil soat 9-00 dan 10-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 1 33. Hisor qurilish taʼmirlash korxonasi 26.04.2014-yil soat 11-00 dan 12-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 2 34. Kelajak maks qurilish korxonasi 2.05.2014-yil soat 10-00 dan 11-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 2 35. Koinot gavhari fermer xoʻjaligi 2.05.2014-yil soat 13-00 dan 14-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 1 36. Sharofat ona fermer xoʻjaligi 6.05.2014-yil soat 9-00 dan 10-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 1 37. Berdibobo nabirasi f.x. 6.05.2014-yil soat 11-00 dan 12-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 1 38. Qahramon Lochinbek X.K. 7.05.2014-yil soat 10-00 dan 11-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 1 39. Xalq banki 7.05.2014-yil soat 13-00 dan 14-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 1 40. Qishloq xoʻjalik boshqarmasi 8.05.2014-yil soat 9-00 dan 10-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 1 41. Yakkabogʻ nur mansur X.K. 8.05.2014-yil soat 14-00 dan 15-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 1 42. Sevinch xususiy korxonasi 13.05.2014-yil soat 10-00 dan 11-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 2 43. Yakkabogʻ tuman DSI 13.05.2014-yil soat 14-00 dan 15-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 1 44. Yakkabogʻ teks qurilish korxonasi 14.05.2014-yil soat 9-00 dan 10-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 1 45. Jabborov fermer xoʻjaligi 14.05.2014-yil soat 11-00 dan 12-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparv�r MChJ 1 46. Yakkabogʻ saxovat uyi 15.05.2014-yil soat 10-00 dan 11-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 1 47. Yakkabogʻ koʻchma qurilish kor. 15.05.2014-yil soat 14-00 dan 15-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 2 48. Fuqarolarning shaxsiy transport vositalari 01.02.2014-yil dan 31-avgustgacha soat 09-00 dan 12-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 8517 II-bosqich 1. Yakkabogʻ tongi maxsus suv qurilish taʼmirlash korxonasi 20.08.2014-yil soat 9-00 dan 11-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 3 2. Yakkabogʻ neftbaza filiali 12.09.2014-y. soat 10-00 dan 17-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 13 3. Yakkabogʻ geofizika ekspeditsiyasi 13.09.2014-y. soat 9-00 dan 18-00 gacha Yakkabogʻ GFE 24 4. Abduraxmon bobo XIChTK 16.09.2014-y. soat 10-00 dan 15-00 gacha Kafolat YTShK 7 5. Sinnon-davzo MChJ 17.09.2014-y. soati 9-00 dan 15-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 8 6. Yakkabogʻ don mahsulotlari MChJ 18.09.2014-y. soat 9-00 dan 10-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 1 7. Fabos nur XK 18.09.2014-y. soat 9-00 dan 17-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 11 8. Kafolat yoʻlovchi tashish shoʻbʼa korxonasi 19.09.2014-y. soat 9-00 dan 17-00 gacha Kafolat YTShK 36 9. Yakkabogʻ gaz toʻldirish shoxobchasi 23.09.2014-y. soat 10-00 dan 13-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 4 10. Mashʼal xususiy korxonasi 24.09.2014-y. soat 10-00 dan 11-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 1 11. Yetimtogʻ koʻrki 24.09.2014-y. soat 13-00 dan 14-00 gacha Yakkabogʻ Vatanparvar MChJ 1
