10-modda. Birja tovari
“Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-375-son) · Sana: 12.09.2014 · Amalda
Belgilangan tartibda birja savdolariga qoʻyilgan muayyan turdagi va sifatdagi tovar, shu jumladan hosila moliyaviy vositalar (derivativlar) birja tovaridir.
Yer, yer osti boyliklari, suv, boshqa tabiiy resurslar, madaniy meros va intellektual mulk obyektlari, ishlar va xizmatlar, xususiy belgili ashyolar, koʻchmas mulk, shuningdek qonunchilikka muvofiq fuqarolik muomalasidan chiqarilgan mol-mulk birja tovari boʻlishi mumkin emas.
