Tumanning 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida (X-253/2-son)
20.02.2014
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2099-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2013-y., 52-son, 690-modda) hamda Qashqadaryo viloyat hokimining 2014-yil 30-yanvardagi “Qashqadaryo viloyatining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi X-23/01-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi, Qashqadaryo viloyat hokimining 2014-yil 30-yanvardagi “Qashqadaryo viloyatining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi X-23/01-sonli qarorlari hamda xalq deputatlari tuman Kengashining 2014-yil 15-fevraldagi “2013-yil tuman mahalliy budjetining ijrosi hamda 2014-yilgi mahalliy budjet parametrlari toʻgʻrisida”gi 4/24-01-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tumanning 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi 1-ilovaga muvofiq hamda 2014-yilgi tuman mahalliy budjetining daromadlar qismi soliq tushumlari, yuqori budjetdan oʻtkazib beriladigan daromad va subvensiyalar miqdori va xarajatlari 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Tuman mahalliy budjetining 2014-yilgi naqd pul aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 3-ilovaga asosan tasdiqlansin.
Tuman mahalliy budjetining aylanma kassa mablagʻi meʼyorini amaldagi qonunlar bilan koʻzda tutilgan muddatlarda saqlash topshirilsin.
4. 2014-yilda umumdavlat soliqlari tushumlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyorlari 4-ilovaga asosan tashkil topishi inobatga olinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan tuman hududida joriy etilgan mahalliy soliqlar va yigʻimlarga belgilangan stavkalar miqdori 2014-yilga 5-ilovaga asosan belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
6. Tuman hokimligi moliya boʻlimi (X. Yoʻldoshev), tuman Gʻaznachilik boʻlinmasi (N. Farmonov), tuman Davlat soliq inspeksiyasi (F. Fayziyev) hamda tuman tashkilotlari rahbarlari budjetga toʻlovlar toʻliq tushishini hamda tuman mahalliy budjeti ijrosi jarayonida uning muvozanatini taʼminlash hamda qoʻshimcha daromad manbaalarini qidirib topish, mahalliy budjetning xarajatlar qismi ijrosini taʼminlashga javobgar ekanliklari, shuningdek budjet tashkilotlarida budjet mablagʻlarining sarflanishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatishlari belgilab qoʻyilsin.
7. Belgilab qoʻyilsinki, budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan barcha tashkilot va muassasalar rahbarlari budjet parametrlariga kiritilmagan tadbirlarni mablagʻ bilan taʼminlanganliklari hamda kreditor qarzlarni vujudga keltirganliklari uchun amaldagi qonunchilikka asosan shaxsan javobgardirlar.
8. Tuman hokimligi moliya boʻlimi, tuman Gʻaznachilik boʻlinmasi hamda tuman Davlat soliq inspeksiyasi tumanning 2014-yilgi mahalliy budjeti parametrlarining bajarilishi yuzasidan tahlillarni har chorak yakuni bilan tuman hokimi muhokamasiga kiritib borsinlar.
9. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlashni oʻz zimmamda qoldiraman.
10. Mazkur qaror “Mirishkor Mashʼali” gazetasida rasman eʼlon qilinsin.
Hokim X. OMONOV
Mirishkor t.,
2014-yil 20-fevral,
X-253/2-son
Tuman hokimining 2014-yil 20-fevraldagi X-253/2-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumanning 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi
Tuman hokimining 2014-yil 20-fevraldagi X-253/2-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tuman mahalliy budjetining 2014-yilgi daromad va xarajatlarining
ASOSIY KOʻRSATKIChLARI
Tuman hokimining 2014-yil 20-fevraldagi X-253/2-sonli qaroriga 3-ILOVA
Tuman mahalliy budjetining 2014-yilgi naqd pul aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori
Tuman hokimining 2014-yil 20-fevraldagi X-253/2-sonli qaroriga 4-ILOVA
2014-yilda umumdavlat soliqlari tushumlaridan tuman budjetiga ajratiladigan meʼyorlari
Tuman hokimining 2014-yil 20-fevraldagi X-253/2-sonli qaroriga 5-ILOVA
Mahalliy soliqlar va yigʻimlarning
STAVKALARI
