Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining umumiqtisodiyot kompleksi ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 29-dekabrdagi 517-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida (386-son)
05.09.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yoqilgʻi-energetika kompleksini ustuvor strategik rivojlantirish asosida iqtisodiyotni kompleks, muvozanatli va barqaror rivojlantirishni taʼminlash, kompleksning moliyaviy mavqeyini mustahkamlash, shuningdek tarmoqqa chet el investitsiyalarini keng jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksiga (R.S. Azimov) quyidagi qoʻshimcha funksiyalar yuklansin:
yoqilgʻi-energetika kompleksining respublika iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish va eksport salohiyatini kengaytirish uchun baza sifatidagi oʻrni va ahamiyatini hisobga olgan holda kompleks tarmoqlarini istiqbolli, strategik rivojlantirish muammolari yuzasidan aniq chora-tadbirlar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqib respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning qisqa muddatli, oʻrta muddatli va uzoq muddatli prognozlarini shakllantirish;
yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirishning respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlari va sektorlari bilan muvozanatliligini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
geologiya-razvedka ishlari dasturlarini amalga oshirishga, yoqilgʻi-energetika kompleksi tarmoqlarini rivojlantirishga, kompleks korxonalarini zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlashga chet el investitsiyalari, ayniqsa toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari jalb qilinishiga koʻmaklashish;
yoqilgʻi-energetika kompleksi tarmoqlari va korxonalarining moliyaviy barqarorligi ustidan doimiy monitoring olib borish, moliyaviy oqimlar va korxonalar barqaror ishlashining muvozanatliligini taʼminlaydigan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jalb etiladigan kredit resurslari qoplanishiga doir majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarish.
2. Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksi “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda:
ikki oy muddatda yoqilgʻi-energetika kompleksi tarmoqlari va korxonalarini boshqarish tuzilmasini tanqidiy oʻrganib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga uni maqbullashtirish va bosqichlarni qisqartirish yuzasidan takliflar kiritsin;
bir oy muddatda sinovlar va burgʻulash qurilmalarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi maxsus nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin, unda mazkur nizom buzilganligi uchun jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan qatʼiy javobgarlik choralari nazarda tutilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-dekabrdagi 517-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi Umumiqtisodiyot kompleksining Oʻzbekiston Respublikasi oldida turgan iqtisodiyotni isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari va strategik vazifalaridan kelib chiqib, samarali, puxta va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan holda ishlashini taʼminlash chora-tadbirlari Dasturiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Birlashgan hayʼat toʻgʻrisidagi nizomga va amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi takliflarni ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 5-sentabr,
386-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-sentabrdagi 386-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasi Umumiqtisodiyot kompleksining Oʻzbekiston Respublikasi oldida turgan iqtisodiyotni isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari va strategik vazifalaridan kelib chiqib samarali, puxta va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan holda ishlashini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturiga kiritiladigan
qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar
1. 1.1 boʻlimning Umumiqtisodiyot kompleksi oldida turgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish mexanizmiga tegishli birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish istiqbollarini baholash, asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar – pul-kredit parametrlari, davlat budjeti, toʻlov, tarmoqlararo toʻlov balanslari, moddiy balanslar va boshqalarni oʻzaro bogʻlashni takomillashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning oʻrtacha muddatli va yillik prognozlarini ishlab chiqish”.
2. 2.1- ustuvorlik quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
* Qavslarda Umumiqtisodiyot komplekslariga kirmaydigan tuzilmalar koʻrsatilgan.
