Oʻzbekiston Respublikasining Islom taraqqiyot bankiga aʼzoligi toʻgʻrisida (371-son)
27.08.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Oʻzbekistonning Islom taraqqiyot bankiga aʼzo boʻlish niyati toʻgʻrisida Islom taraqqiyot bankiga rasmiy maktub bilan murojaat qilganligi va ushbu niyat Bank rahbariyati tomonidan maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Islom taraqqiyot bankini tashkil etish toʻgʻrisida 1974-yil 12-avgustdagi Bitim moddalari qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Islom taraqqiyot bankini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitimni qabul qilganligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Islom taraqqiyot bankiga maʼlum qilinsin.
3. Islom taraqqiyot banki ustav sarmoyasiga Oʻzbekiston Respublikasi badallarini toʻlash jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilangan tartibda:
nominal qiymati 10000 Islom dinori/SDR boʻlgan 250 aksiyaga yozilishni;
mazkur qaror bilan tasdiqlangan toʻlov jadvaliga muvofiq badallar toʻlanishini taʼminlasin.
5. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi A.I. Axmedxodjayev Oʻzbekiston Respublikasidan Islom taraqqiyot banki boshqaruvchisi etib;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi Z. S. Mirxoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasidan Islom taraqqiyot banki boshqaruvchisining oʻrinbosari etib tayinlansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E. M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 27-avgust,
371-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 371-son qaroriga ILOVA
Islom taraqqiyot banki ustav sarmoyasiga Oʻzbekiston Respublikasi badallarini toʻlash
jadvali
*) Izoh: 1 aksiya qiymati – 10 000 ID/SDR (2003-yil 12-avgustdagi kurs boʻyicha 13 900 AQSH dollari).
Toʻlov toʻlov kunidagi kurs boʻyicha AQSH dollarida amalga oshiriladi.
