Muborak tuman hududidagi ayrim mahalla fuqarolar yigʻinlari va koʻchalarga yangi nomlar berish toʻgʻrisida (IV/24-2-son)
17.01.2014
Qashqadaryo viloyati xalq deputatlari Muborak tuman Kengashining
Qarori
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Muborak tumani hokimligi huzuridagi geografik obyektlarga nom berish va qayta nomlash masalalarini muvofiqlashtiruvchi tuman komissiyasining 2013-yil 20-dekabrdagi tumandagi ayrim mahalla fuqarolar yigʻinlari va koʻchalarga yangi nom berish va oʻzgartirish boʻyicha yigʻilish bayonnomasi tasdiqlansin.
2. Komissiya tomonidan taklif etilgan mahalla fuqarolar yigʻinlari va koʻchalar nomlari oʻzgartirilib, ushbu mahalla fuqarolar yigʻinlari va koʻchalarga berilgan yangi nomlar boʻyicha takliflar ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Tuman hokimi oʻrinbosari, toponomik obyektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi Tuman komissiyasining oʻrinbosari (R. Polvonov)ga:
bir hafta muddatda tuman hududidagi nomlari oʻzgargan mahalla fuqarolar yigʻinlari va koʻchalarning nomini zamonaviy koʻrinishda (lotin yozuvida) peshlavhalarga yozib oʻrnatish vazifasi yuklatilsin.
4. Tumandagi qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislariga:
tumandagi ayrim mahalla fuqarolar yigʻinlari va koʻchalarning nomlari oʻzgartirilganligi munosabati bilan aholi oʻrtasida keng targʻibot-tashviqot ishlari oʻtkazish tavsiya etilsin.
5. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (O. Temirov)ga:
tumandagi fuqarolarning xorijga chiqish, kirish jarayonida fuqarolarni rasmiylashtirishda ayrim mahalla fuqarolar yigʻinlari va koʻchalarning nomlari oʻzgarganligiga alohida eʼtibor qaratish;
fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi pasportlarga mahalla fuqarolar yigʻinlari va koʻchalarning yangi nomlari yozilishini doimiy nazoratga olish topshirilsin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish, yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
7. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining raisi P. ALLAQULOV
Muborak sh.,
2014-yil 17-yanvar,
IV/24-2-son
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2014-yil 17-yanvardagi IV/24-2-sonli qaroriga ILOVA
Muborak tumani hokimligi huzuridagi geografik obyektlarga nom berish va qayta nomlash masalalarini muvofiqlashtiruvchi tuman komissiyasi tomonidan taklif etilgan mahalla fuqarolar yigʻinlari va koʻchalar nomlari oʻzgartirilib, ushbu mahalla fuqarolar yigʻinlari va koʻchalarga berilgan yangi nomlar boʻyicha
TAKLIFLAR
