Tumandagi ayrim mahalla va koʻchalarning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida (IV-27/69-son)
03.05.2014
Qashqadaryo viloyati xalq deputatlari Yakkabogʻ tuman Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 41-son, 448-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 41-42 son, 483-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining 2014-yil 31-martdagi 04/556-sonli xulosasi va tuman hokimligining aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Tuman hokimining hududlardagi ayrim koʻchalarning nomlarini oʻzgartirishga oid takliflari maʼqullansin.
2. Tumandagi nomlari oʻzgartiraladigan mahalla va koʻchalarning roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman Statistika boʻlimi (S. Rasulov), tuman Yer resurslari va davlat kadastri xizmati (N. Meyliyev), tuman arxitektori (N. Jumanov) va boshqa tegishli mutasaddi davlat organlari, tuman hokimligi nomlari oʻzgartiriladigan mahalla va koʻchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va elektron bazani shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirsinlar.
4. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (M. Qodirov) nomlari oʻzgargan mahalla va koʻchalarda yashovchi aholining fuqarolik pasportlariga, mazkur hudud aks ettirilgan yoʻl belgilariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirsin.
5. Tuman arxitektori (N. Jumanov)ga hududlarda nomlari oʻzgartiriladigan aholi punktlarining tarkibiy qismlarining yangi nomlari yozilgan koʻrsatkich va belgilar, peshlavhalarni zamonaviy dizayn asosida bosqichma-bosqich oʻrnatilishini taʼminlasin.
6. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining birinchi oʻrinbosari v. b. (D. Roʻziyev) va tuman hokimining oʻrinbosari (B. Doverov) zimmalariga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror “Yakkabogʻ ovozi” gazetasida rasman eʼlon qilinsin.
Xalq deputatlari tuman Kengashining raisi A. JOʻRAYEV
Yakkabogʻ t.,
2014-yil 3-may,
IV-27/69-son
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2014-yil 3-maydagi IV-sessiyasi 27/69-sonli qaroriga ILOVA
Tumandagi nomlari oʻzgartiriladigan aholi punktlari
ROʻYXATI
