Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida (360-son)
21.08.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. Belgilansinki:
avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni xalqaro tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish, shuningdek, qonunchilikda belgilangan hollarda ularning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish, toʻxtatish va bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan qabul qilinadi;
avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish, shuningdek, qonunchilikda belgilangan hollarda ularning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish, toʻxtatish va bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan qabul qilinadi.
4. Komissiya ikki hafta muddatda Komissiya va hududiy komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 21-avgust,
360-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qaroriga 9-ILOVA
I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Transport sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1996-yil 12-maydagi 175-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 5-son, 14-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Transport va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat poshlinasi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 19-fevraldagi 89-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 6-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yigʻimlar undirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 35-modda)ning 4-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1999-yil 28-iyuldagi 363-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 43-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq tashkil etilgan komissiyalar va kengashlar tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2000-yil 30-sentabrdagi 374-son qaroriga 24-ilova.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida transport-ekspeditorlik faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 9-sentabrdagi 348-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 56-modda)ga ilovada:
12-banddagi “litsenziyalash” soʻzi chiqarib tashlansin;
VII bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
20-bandda ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
22-banddagi “va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan transport-ekspeditorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun berilgan tegishli litsenziyaga ega boʻlishlari shart” soʻzlari chiqarib tashlansin;
23-banddagi “va tegishli litsenziyaga ega boʻlgan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
