47-modda. Qoʻriqlanma zonalar
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-373-son) · Sana: 04.09.2014 · Amalda
Davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, buyurtma qoʻriqxonalar, davlat tabiat yodgorliklari va milliy bogʻlar bilan chegaradosh hududlar qoʻriqlanma zonalardir. Qoʻriqlanma zonalarda ushbu muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga salbiy taʼsirning oldini olish maqsadida xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat cheklanadi yoki taqiqlanadi.
Qoʻriqlanma zonalarning oʻlchamlari va rejimi, shuningdek yer uchastkalarini saqlash vazifasi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bir vaqtda belgilanadi.
Davlat qoʻriqxonasi qoʻriqlanma zonasining bir qismi ekologik turizmni tashkil etish, mazkur hudud uchun xos boʻlgan kamyob hamda yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan oʻsimliklar va hayvonlarning turlarini koʻpaytirish maqsadida tabiiy pitomniklar barpo etish uchun hamda qoʻriqxonaning boshqa ehtiyojlari uchun shu qoʻriqxonaning oʻziga topshirilishi mumkin.
