“246-modda. Jinoyat ishi qoʻshimcha tergovga qaytarilganida qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini hisoblab chiqish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-373-son) · Sana: 04.09.2014 · Amalda
Ayblanuvchini qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻida boʻlish muddati tugagan jinoyat ishini sud qoʻshimcha tergovga qaytargan va ishning holatlariga koʻra qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini oʻzgartirish mumkin boʻlmasa, qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini bir oygacha uzaytirish jinoyat ishini qoʻshimcha tergovga qaytargan sud tomonidan amalga oshiriladi, bu muddat ish prokurorga kelib tushgan paytdan boshlab hisoblanib, prokuror jinoyat ishini uch sutkadan kechiktirmay tergovchiga yuborishi shart. Koʻrsatilgan muddatni uzaytirish ayblanuvchi ish sudga yuborilguniga qadar qamoqda yoki uy qamogʻida boʻlgan vaqt hisobga olingan holda ushbu Kodeks 245-moddasining birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida belgilangan tartibda va doirada amalga oshiriladi”;
14) 247-moddaning:
nomidagi “Qamoqda saqlab turish” degan soʻzlar “Qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ayblanuvchini qamoqda saqlab turishning yoki u uy qamogʻida boʻlishining belgilangan muddati tugashidan kamida olti sutka oldin tegishli prokuror qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi, bu qaror sudga yuboriladi”;
ikkinchi — sakkizinchi qismlaridagi “Qamoqda saqlab turish” va “qamoqda saqlab turish” degan soʻzlar tegishincha “Qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi” va “qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) sudyaning ajrimini bekor qilish va qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirishni rad etishga yoxud qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirishga haqli. Qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddati tugab, ozod etilgan ayblanuvchiga nisbatan qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddati uzaytirilgan taqdirda, sud unga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashi kerak”;
15) 248-moddaning:
nomidagi “Qamoqda qonunga xilof ravishda saqlab turish” degan soʻzlar “Qonunga xilof ravishda qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻiga joylashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
