“1811-modda. Qasddan bankrotlikka olib kelish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-373-son) · Sana: 04.09.2014 · Amalda
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yoki yuridik shaxs mansabdor shaxsi, muassisi (ishtirokchisi) yoxud mol-mulkining mulkdori tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan qasddan bankrotlikka olib kelish, yaʼni toʻlovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki oshirish, ushbu yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik shaxsning barqaror iqtisodiy nochorligiga (bankrotligiga) olib kelsa, kreditorlarga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi”;
3) 2281-modda birinchi qismi sanksiyasining oʻzbekcha matnidagi “ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar “qamoq” degan soʻz bilan almashtirilsin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
