Kitob tumanining 2014-yilga moʻljallangan “Sogʻlom bola yili” dasturi toʻgʻrisida (X-349/3-son)
24.03.2014
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2133-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 9-son, 87-modda) hamda viloyat hokimining 2014-yil 12-martdagi X-81/03-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Viloyat hokimining 2014-yil 12-martdagi X-81/03-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Sogʻlom bola yili” tuman dasturi 1-ilovaga;
dasturni muvofiqlashtiruvchi tuman komissiyasi tarkibi 2-ilovaga;
mahalla va qishloq fuqarolar yigʻinlariga biriktirilgan masʼullar 3-ilovaga;
dasturning har bir boʻlimi uchun masʼullar 4-ilovaga;
dastur ijrosi boʻyicha tuman monitoring guruhi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturini amalga oshirishda quyidagilar asosiy ustuvor yoʻnalishlar etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinib, ijroga yoʻnaltirilsin:
sogʻlom va har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish uchun mavjud qonunchilik va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, bu borada tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan yangi qoida va meʼyorlarni ishlab chiqishga alohida eʼtibor qaratish va takliflar kiritish;
sogʻlom bolaning dunyoga kelishi masalasiga avvalambor sogʻlom va ahil oilaning mevasi, mahsuli sifatida qarab, oilada oʻzaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va maʼnaviy qadriyatlar muhitini shakllantirish, yosh oilalarning oyoqqa turib olishi uchun moddiy yordam koʻrsatishga alohida eʼtibor qaratish, avvalo, onalik va bolalik himoyasini taʼminlash, onaning salomatligini mustahkamlash, ayollarning oʻz qobiliyat va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishi, ularning kundalik roʻzgʻor tashvishlarini yengillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga ahamiyat berish;
sogʻlom bolani shakllantirish, goʻdaklarning kamchilik va nuqsonlarsiz tugʻilishi, boʻlajak kelin-kuyovlarning nikohdan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtishida sogʻliqni saqlash tizimi va tibbiyot xodimlarining roli va masʼuliyatini oshirish, sogʻliqni saqlash sohasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, onalar va bolalar salomatligini himoya qilish bilan shugʻullanadigan tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan taʼminlash, homilador ayollar va chaqaloqlar uchun vitaminlar va mikroelementlar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, aholi, ayniqsa, ota-onalarning tibbiy madaniyatini oshirish boʻyicha keng miqyosdagi axborot-tushuntirish ishlarini olib borish;
sogʻlom bolani shakllantirishda taʼlim-tarbiya tizimi va sportning rolini kuchaytirish, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularni zamon talablariga muvofiq jihozlash, yuqori malakali pedagog va mutaxassislar bilan taʼminlash, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, boshlangʻich taʼlim sifatini yuksaltirish, ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish, sogʻlom turmush tarzini faol targʻib etish, bolalar, ayniqsa, qiz bolalar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportga mehr uygʻotish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda davlat va jamiyat tomonidan koʻrsatiladigan yordam va koʻmakni kuchaytirish, zamonaviy talablarga javob beradigan shart-sharoitlar yaratishni taʼminlash hamda mazkur jarayonlar uchun masʼul boʻlgan soha va muassasalarni rivojlantirishga qaratilgan mablagʻlardan foydalanishning samarasini oshirish, sogʻlom bolani tarbiyalash boʻyicha ilgʻor xalqaro tajribani keng oʻrganish va amalda joriy etish;
sogʻlom bolani, ayniqsa, qiz bolalarni tarbiyalab voyaga yetkazishda, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun ularga koʻmak berish, bolalarni turli toʻgaraklarga jalb etish, tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha mahalla va boshqa jamoat tuzilmalarining rolini oshirish, huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, oila va jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni, oʻzaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, kam taʼminlangan oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish borasida mahalla va jamoat tuzilmalarini masʼuliyatini kuchaytirish;
“Sogʻlom bola yili” Davlat dasturining maqsad va ahamiyati, unda belgilangan vazifalarning bajarilishining borishi toʻgʻrisida keng targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil qilish.
4. Dasturni muvofiqlashtiruvchi tuman komissiyasi hamda 3-ilovaga asosan hududlarga biriktirilgan masʼullarga:
bir hafta muddatda tumanda “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturini ijrosini taʼminlash boʻyicha ishchi komissiyasi tashkil etib, Davlat dasturida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va soʻzsiz ijrosini taʼminlashda shaxsiy javobgarligini belgilash;
oʻn kun muddatda — tuman tashkilot, korxonalar, idora hamda mahalla va qishloq fuqarolar yigʻinlari boʻyicha “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturi yuzasidan hududiy va tarmoq dasturini ishlab chiqish va qabul qilish;
dasturda belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrib, bajarilgan ishlar toʻgʻrisida har oyning 17-sanasiga qadar tuman monitoring guruhiga axborot taqdim qilib borish vazifalari yuklatilsin.
5. Tuman Dasturining ijrosi boʻyicha 4-ilovaga muvofiq boʻlimlarga biriktirilgan masʼullarga oʻzlariga tegishli Dastur boʻlimlarida belgilangan vazifalar ijrosini doimiy nazoratga olib, amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha tuman komissiyasiga va monitoring guruhiga maʼlumot kiritib borish topshirilsin.
6. Tuman Monitoring guruhi hududlarga biriktirilganlar hamda Dastur boʻlimiga masʼullar tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlar asosida, tuman dasturining bajarilishi toʻgʻrisida viloyat Monitoring guruhiga har oyning 20-sanasiga qadar axborot taqdim qilib borsin.
7. Dasturni muvofiqlashtiruvchi tuman komissiyasi (Poʻlatov, Qobulov, Ashurova) har oyda bir marotaba oʻz yigʻilishlarida, dastur ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida tuman tashkilotlarini hisobotlarini eshitib, vujudga kelgan muammolarni bartaraf qilish choralarini koʻrsin.
8. Tuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi (A. Avlayev) Dastur ijrosi boʻyicha har chorakda bir marotaba tegishli tashkilotlar rahbarlarining xalq deputatlari tuman Kengashi yigʻilishlarida hisobotlarini eshitib borilishini tashkil qilsin.
9. “Kitob tongi” gazetasi (Haydarova) tahririyatiga tuman Dasturining maqsad va vazifalari hamda unda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini keng yoritish tavsiya etilsin.
10. Ushbu qaror “Kitob tongi” gazetasida rasman eʼlon qilinsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Hokim U. XUDAYQULOV
Kitob sh.,
2014-yil 24-mart,
X-349/3-son
Tuman hokimining 2014-yil 24-martdagi X-349/3-sonli qaroriga 1-ILOVA
Kitob tuman “Sogʻlom bola yili” dasturi
Tuman hokimining 2014-yil 24-martdagi X-349/3-sonli qaroriga 2-ILOVA
“Sogʻlom bola yili” tuman dasturini muvofiqlashtiruvchi tuman komissiyasi
TARKIBI
Tuman hokimining 2014-yil 24-martdagi X-349/3-sonli qaroriga 3-ILOVA
“Sogʻlom bola yili” Davlat dasturi chora-tadbirlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash maqsadida hududlarga biriktirilgan masʼullar
ROʻYXATI
Tuman hokimining 2014-yil 24-martdagi X-349/3-sonli qaroriga 4-ILOVA
“Sogʻlom bola yili” Davlat dasturiga takliflar tayyorlash boʻyicha tuman ishchi guruhlar tarkibi
Tuman hokimining 2014-yil 24-martdagi X-349/3-sonli qaroriga 5-ILOVA
“Sogʻlom bola yili” Davlat dasturi boʻyicha berilgan takliflarni umumlashtiruvchi tuman monitoring guruhi
TARKIBI
