Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasining faoliyat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1753-1-son)
02.09.2014
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 2-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1753-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-martdagi 52-sonli “Xalq taʼlimi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2007-yil 28-noyabrdagi 297-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1753, 2007-yil 26-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 544-modda) bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasining faoliyat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2014-yil 25-avgust,
253-son
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2014-yil 25-avgustdagi 253-sonli buyrugʻiga ILOVA
Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasining faoliyat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Maktabgacha taʼlim muassasasiga bolalar 2 yoshdan boshlab 6-7 yoshgacha boʻlgan bolalarni qabul qilish tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarori bilan tashkil etiladigan xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari huzuridagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasi (bundan buyon matnda qabul komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.”.
2. 2-bandda:
a) birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi” degan soʻzlar “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshidagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimining” degan soʻzlar “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 3-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi boʻlimlari” degan soʻzlar “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) ikkinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi boʻlimlarining” degan soʻzlar “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 8-bandning “b” kichik bandidagi “fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan” degan soʻzlar “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 9-banddagi “10 kunlik muddat” degan soʻzlar “7 kunlik muddat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
10. “Ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) tanlagan maktabgacha taʼlim muassasasida boʻsh oʻrin (joy) boʻlmagan hollarda ularning hujjatlari qabul komissiyasining qaroriga asosan yoʻllanma olish uchun navbatga qoʻyiladi yoki ota-onalarning (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning) xohishiga koʻra tegishli hududdagi boʻsh oʻrin (joy) mavjud boʻlgan hamda ular tanlagan maktabgacha taʼlim muassasasiga yaqin masofada joylashgan boshqa maktabgacha taʼlim muassasasiga yoʻllanma beriladi.”.
7. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Qabul komissiyasi kotibi quyidagi hujjatlarni yuritadi:
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi qabul komissiyasining qaroriga asosan beriladigan yoʻllanmalarni qayd qilish daftari;
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi qabul komissiyasining qaroriga asosan yoʻllanma olish uchun navbatga qoʻyilganlarni qayd qilish daftari.
Daftarlar raqamlangan, tikilgan va tegishli xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi mudiri tomonidan imzolangan hamda muhrlangan boʻlishi shart va ularning yuritilishi tegishli yilning 2-sentabr kunidan boshlanib, 31-avgust kunida tugatiladi hamda ushbu hujjatlar 3 yil mobaynida saqlanadi.”.
8. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Har yili iyun — avgust oylarida yangi oʻquv yili hisobiga maktabgacha taʼlim muassasalariga jadval asosida ommaviy ravishda yoʻllanma beriladi. Maktabgacha taʼlim muassasalari bolalarni yoʻllanmalarga asosan boʻshagan oʻrinlar (joylar) hisobiga qabul qiladi.”.
9. 15-bandning birinchi xatboshisidagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi” degan soʻzlar “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 1, 2 va 3-ilovalar mazkur oʻzgartirishlarning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasining faoliyat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 1-ILOVA
“Maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasining faoliyatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasining faoliyat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 2-ILOVA
“Maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasining faoliyatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasining faoliyat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 3-ILOVA
“Maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish boʻyicha qabul komissiyasining faoliyatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 36-son, 457-modda)
