Tumanda 2014-yilda avtomototransport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (X-55/1-son)
21.01.2014
qashqadaryo viloyati Kasbi tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududida joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.
4. Qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkaziladi.
yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart — 30-iyunda oʻtkaziladi.
jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-yanvar — 31-avgustda oʻtkazilsin.
5. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi rahbariga:
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash yuklatilsin.
6. Tumandagi barcha transport vositalari egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini texnik pasporti bilan birgalikda texnik koʻrikdan oʻtkazilishini, ularning texnik jihatdan sozligini va oʻz vaqtida reja jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining ichki va soqchilik qoʻshinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalari koʻrsatib oʻtilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi inobatga olinsin.
8. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq yigʻim undirilsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari Z. Tursunov zimmasiga yuklatilsin.
10. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim F. ShARIPOV
Kasbi t.,
2014-yil 21-yanvar,
X-55/1-son
Tuman hokimining 2014-yil 21-yanvardagi X-55/1-sonli qaroriga 1-ILOVA
Kasbi tumani hududida 2014-yil avtomototransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
Tuman hokimining 2014-yil 21-yanvardagi X-55/1-sonli qaroriga 2-ILOVA
Kasbi tumanida mavjud boʻlgan tashkilot, korxona va avtoxoʻjaliklarga tegishli avtomototransport vositalarining 2014-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
