Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 10-avgustdagi PQ-1595-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida” 2014-yil 14-iyuldagi PQ-2208-son qarori) (242-son)
29.08.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 10-avgustdagi PQ-1595-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida” 2014-yil 14-iyuldagi PQ-2208-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlarining normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 29-avgust,
242-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-avgustdagi 242-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2. Vazirlar Mahkamasining “Temir yoʻl stansiyalarida bojxona nazoratini va nazorat postlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 24-noyabrdagi 489-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshidagi “chegara” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) 3-banddagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Yoʻlovchilar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtishida ularning qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish maqsadida yoʻlovchi tashuvchi temir yoʻl transporti vositalarini toʻxtatish uchun moʻljallangan chegara temir yoʻl stansiyalari ROʻYXATI
g) 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Hududida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi bojxona organlariga xizmat xonalari beradigan temir yoʻl stansiyalari ROʻYXATI
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 35-son, 446-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)
