Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (2613-son)
29.08.2014
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRINING
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 29-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2613
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 164-sonli “Respublika oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq 2014-yil 2-sentabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. VAXOBOV
Toshkent sh.,
2014-yil 27-avgust,
7-son
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2014-yil 27-avgustdagi 7-sonli buyrugʻiga ILOVA
Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining
NORMATIVLARI
T/r Taʼlim sohalari bloklari Taʼlim sohalari va yoʻnalishlari nomi Normativlar 2017/2018 oʻquv yiligacha 2017/2018 oʻquv yilidan 1. Texnik Muhandislik ishi taʼlim sohasi; Ishlab chiqarish texnologiyalari taʼlim sohasi; Matematika taʼlim sohasi; Kompyuter texnologiyalari va informatika taʼlim sohasi; Arxitektura va qurilish taʼlim sohasi (Arxitektura (turlari boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi bundan mustasno); Aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiya�ari taʼlim sohasi; Qishloq xoʻjalik texnikasi taʼlim sohasi; Transport taʼlim sohasi; Hayot faoliyat xavfsizligi taʼlim sohasi; Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yoʻnalishlari boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi 10,3 12,2 2. Gumanitar va tabiiy Gumanitar fanlar taʼlim sohasi (Filologiya va tillarni oʻqitish (tillar boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi (xorijiy tillarga oid qismi), shuningdek Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi bundan mustasno); Tabiiy fanlar taʼlim sohasi; Sotsiologiya va psixologiya taʼlim sohasi; Jurnalistika va axborot taʼlim sohasi; Huquq taʼlim sohasi; Ijtimoiy taʼminot taʼlim sohasi; Atrof-muhit muhofazasi taʼlim sohasi; Ijtimoiy-madaniy faoliyat taʼlim yoʻnalishi; Xizmat koʻrsatish texnikasi va texnologiyasi (xizmat koʻrsatish tarmoqlari boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi 10,5 12,5 3. Tillar Filologiya va tillarni oʻqitish (tillar boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi (xorijiy tillarga oid qismi); Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi 7,9 9,4 4. Tibbiyot Sogʻliqni saqlash taʼlim sohasi 6,8 8,2 5. Sanʼat Sanʼat taʼlim sohasi 3,5 4,1 6. Sport Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi 7,1 8,4 7. Pedagogika Pedagogika taʼlim sohasi 10,5 12,5 8. Iqtisodiyot Iqtisod taʼlim sohasi; Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshq?rish taʼlim yoʻnalish; Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi 10,5 12,5 9. Qishloq xoʻjaligi Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi taʼlim sohasi; Qishloq xoʻjaligida menejment taʼlim sohasi; Veterinariya taʼlim sohasi; Irrigatsiya va melioratsiya taʼlim sohasi 10,3 12,2 10. Arxitektura Arxitektura (turlar boʻ�icha) taʼlim yoʻnalishi 6,8 8,2
Izoh: mazkur Normativlar oliy taʼlim muassasalarida taʼlimning ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) shakli boʻyicha taʼlim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar sonining nisbatini belgilaydi.
Ushbu Normativlar professor-oʻqituvchilar tarkibi alohida qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyilgan oliy taʼlim muassasalari va oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Qonun hujjatlari bilan joriy etilgan oliy taʼlim muassasalarining maxsus sirtqi boʻlinmalarida bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari — 35,0 nisbatda belgilanadi.
Taʼlim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari ayrim oliy taʼlim muassasalarida quyidagicha belgilanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi uchun 2017/2018 oʻquv yiligacha — 10,5 nisbatda va 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab — 12,5 nisbatda;
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti uchun 2017/2018 oʻquv yiligacha — 6,8 nisbatda va 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab — 8,5 nisbatda;
Toshkent islom universiteti uchun 2017/2018 oʻquv yiligacha — 5,1 nisbatda va 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab — 6,1 nisbatda.
Mazkur Normativlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2014-yil 27-avgust
