Qashqadaryo viloyatining 2014-yilgi “Manzilli hududiy investitsiya dasturi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida (X-3/01-son)
07.01.2014
Qashqadaryo viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 18-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Investitsiya dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2069-sonli qarorining ijrosini taʼminlash, viloyatda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish, ular orqali yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq qaror qilaman:
1. Viloyat Iqtisodiyot, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo, Markaziy bank boshqarmalari, tijorat banklari hamda shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan mutasaddi tashkilotlar ishtirokida ishlab chiqilgan “Qashqadaryo viloyatining 2014-yilgi Manzilli hududiy investitsiya dasturi” maʼqullansin.
2. Dastur doirasida 2014-yilda amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha:
oʻzlashtiriladigan kapital mablagʻlarning asosiy parametrlari 1-ilovaga;
davlat dasturiga kiritilmagan ijtimoiy soha obyektlari va boshqa yoʻnalishdagi loyihalar taqsimoti 2-ilovaga;
loyihalarning sanoat, qishloq xoʻjaligi hamda xizmat koʻrsatish va servis sohalari boʻyicha manzilli roʻyxatlari 3-ilovaga*;
* 3-ilova berilmaydi.
sanoat yoʻnalishidagi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi 4-ilovaga;
qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi 5-ilovaga;
xizmat koʻrsatish va servis yoʻnalishidagi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Ishchi guruhlari (Mamadiyorov, Djavliyev, Aripov) zimmasiga:
Dasturga kiritilgan investitsion loyihalarning bajarilishini tegishli tashkilotlar, muassasalar va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda har 15 kunda bir marotaba muhokama qilib, mavjud muammolarni bartaraf qilish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilash;
banklarning investitsion faolligini kengaytirishga va korxonalarning kreditlar olishga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oy yakuni bilan viloyat hokimiga axborot kiritib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Shahar va tumanlar hokimliklariga:
belgilangan dasturning prognoz parametrlari toʻliq va sifatli bajarilishini hamda joylarda ishchi guruhlari tashkil qilib, monitoring yuritilishini tashkillashtirish;
mazkur qarordan kelib chiqib, amalga oshirilishi belgilangan investitsion loyihalarni tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlab 3 kun muddatda viloyat hokimligiga taqdim etish;
savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) boʻlinmalari orqali tijorat banklari bilan birgalikda amalga oshirilishi belgilangan loyihalar roʻyxatini, biznes rejalarini va texnik iqtisodiy asosnomalarini ishlab chiqilishini taʼminlash;
tijorat banklari bilan birgalikda amalga oshirilishi belgilangan investitsion loyihalarga kredit resurslari ajratilishi boʻyicha zarur tavsiyalar berish topshirilsin.
5. Qarshi shahar va tumanlar hokimlarining, dasturga kiritilgan investitsion loyihalarni oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun shaxsan masʼul va javobgar ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
6. Markaziy bank viloyat Bosh boshqarmasi (Karimov)ga tijorat banklari bilan birgalikda dastur loyihalarining belgilangan muddatlarda amalga oshirish maqsadida kredit resurslarini ajratish, zamonaviy ilgʻor xorijiy uskunalarni bank kreditlari hisobiga chetdan sotib olish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni oʻz vaqtida ajratish va konvertatsiya qilish masalalarida amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
7. Shahar va tuman hokimliklari, tijorat banklari bilan birgalikda dasturga kiritilgan loyihalar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va takliflarni har oyning 3-sanasiga qadar Markaziy bank viloyat Bosh boshqarmasiga taqdim etib borsinlar.
Markaziy bank viloyat Bosh boshqarmasi (Karimov) umumlashtirilgan maʼlumotlarni viloyat Iqtisodiyot Bosh boshqarmasiga har oyning 5-sanasiga qadar berilishini taʼminlasin.
8. Viloyat Savdo-sanoat palatasi (Boboqulov)ga tijorat banklari bilan birgalikda amalga oshirilishi belgilangan loyihalarning biznes rejalarini va texnik iqtisodiy asosnomalarini ishlab chiqish tavsiya qilinsin.
9. Viloyat teleradiokompaniyasi (Nusurov) hamda boshqa barcha ommaviy axborot vositalari dastur ijrosi boʻyicha olib borilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini taʼminlasinlar.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari E. Mamadiyorov hamda viloyat hokimining oʻrinbosarlari Gʻ. Djavliyev va A. Aripov zimmalariga yuklatilsin.
11. Viloyat hokimining 2013-yil 11-yanvardagi X-16/01-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim Z. ROʻZIYEV
Qarshi sh.,
2014-yil 7-yanvar,
X-3/01-son
Viloyat hokimining 2014-yil 7-yanvardagi X-3/01-sonli qaroriga 1-ILOVA
Qashqadaryo viloyatining 2014-yilgi Xududiy investitsiya dasturi doirasida oʻzlashtiriladigan kapital mablagʻlarning asosiy
Parametrlari
Viloyat hokimining 2014-yil 7-yanvardagi X-3/01-sonli qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 18-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Investitsiya dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2069-sonli qaroriga kiritilmagan Qashqadaryo viloyatining 2014-yilgi markazlashgan va boshqa manbaalar hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy va boshqa obyektlar
Roʻyxati
Viloyat hokimining 2014-yil 7-yanvardagi X-3/01-sonli qaroriga 4-ILOVA
2014-yilga moʻljallangan “Manzilli hududiy investitsiya Dasturi”ning sanoat yoʻnalishidagi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhi
TARKIBI
Viloyat hokimining 2014-yil 7-yanvardagi X-3/01-sonli qaroriga 5-ILOVA
2014-yilga moʻljallangan “Manzilli hududiy investitsiya Dasturi”ning qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhi
TARKIBI
Viloyat hokimining 2014-yil 7-yanvardagi X-3/01-sonli qaroriga 6-ILOVA
2014-yilga moʻljallangan “Manzilli hududiy investitsiya Dasturi”ning xizmat koʻrsatish va servis yoʻnalishidagi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhi
TARKIBI
