Tumanda 2014-yilda transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (X-59/1-son)
24.01.2014
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududida joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda;
4. Qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkaziladi.
Yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart — 30-iyunda oʻtkaziladi.
Jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-yanvar — 31-avgustda oʻtkazilsin.
5. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi rahbariga:
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash yuklatilsin.
6. Tumandagi barcha transport vositalari egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarining texnik pasporti bilan birgalikda texnik koʻrikdan oʻtkazilishini, ularning texnik jihatdan sozligini va oʻz vaqtida reja jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori 3-bandiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining ichki va soqchilik qoʻshinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalari koʻrsatib oʻtilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi inobatga olinsin.
8. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq yigʻim undirilsin.
9. Tuman hokimining 2013-yil 9-fevraldagi X-114/02-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblansin.
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari J. Boboyev zimmasiga yuklatilsin.
11. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim X. OMONOV
Qarshi t.,
2014-yil 24-yanvar,
X-59/1-son
Tuman hokimining 2014-yil 24-yanvardagi X-59/1-sonli qaroriga 1-ILOVA
Qarshi tumani hududida 2014-yilda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi
TARKIBI
Tuman hokimining 2014-yil 24-yanvardagi X-59/1-sonli qaroriga 2-ILOVA
Qarshi tumanida mavjud boʻlgan tashkilot, korxona va avtoxoʻjaliklarga tegishli avtomototransport vositalarining 2014-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Avtoxoʻjalik va tashkilotlar nomi Manzili Koʻrikdan oʻtadigan kun Vaqti Koʻrik oʻtadigan joyi Transport vositasi soni 1. Beshkent kasb-hunar kolleji Qarshi tuman, Beshkent qishlogʻi 3.03.14 09-00 Avtosaroy 4 2. Kovchin kasb-hunar kolleji Qarshi tuman, Kovchin qishlogʻi 4.03.14 09-00 Avtosaroy 4 3. Veterinariya boʻlimi Beshkent sh. Hamza koʻchasi, 49-uy 5.03.14 09-00 Avtosaroy 3 4. Tuman DSENM Qarshi tuman, Rovot mahallasi 6.03.14 09-00 Avtosaroy 3 5. Markaziy shifoxona Beshkent shaharchasi, Hamza koʻchasi, 40-uy 7.03.14 09-00 Avtosaroy 14 6. “Naxshab” Agrotrans MChJ Qarshi tuman, Komsomol qishlogʻi 10.03.14 09-00 Avtosaroy 15 7. “Baxti bobo” deh.ferm. xoʻj. Qarshi tuman, Chorgumbaz qishlogʻi 11.03.14 09-00 Avtosaroy 5 8. “Moʻʼjiza” f.x Qarshi tuman, Xoniyon qishlogʻi 12.03.14 09-00 Avtosaroy 3 9. Beshkentyoʻlovchitrans xususiy korxonasi Qarshi tuman, Beshkent qishlogʻi 13.03.14 09-00 Avtosaroy 25 10. “Usmonov Bekzod Choriyevich” MChJ Qarshi tuman, Batosh qoʻrgʻoni 14.03.14 09-00 Avtosaroy 22 11. Sharofiddin-Nurillo MChJ Beshkent shaharchasi, Hamza koʻchasi, 4-uy 17.03.14 09-00 Avtosaroy 102 12. “Yuldoshev Xalil Yuldoshevich” ktichk. Qarshi tuman, Parguza qishlogʻi 18.03.14 09-00 Avtosaroy 12 13. “Gissarneftgaz” MChJ Qarshi tuman, Dasht bekati 19.03.14 09-00 Avtosaroy 153 14. “Transavtoyuk” MChJ Qarshi tuman, Komsomol qishlogʻi 20.03.14 09-00 Avtosaroy 25 15. Vatanparvar MKT Beshkent shaharchasi, Oʻzbekiston Mustaqilligi koʻchasi, 11-uy 21.03.14 09-00 Avtosaroy 8 16. Gidrotexnika-Irrigatsiya XIChK Beshkent shaharchasi, Aylanma yoʻli 24.03.14 09-00 Avtosaroy 11 17. Argus-Kontraktion KTIChK Beshkent shaharchasi, Sohibkor koʻchasi, 2-uy 25.03.14 09-00 Avtosaroy 4 18. Qarshiradiator k.k. Beshkent shaharchasi, Hamza koʻchasi, 27-uy 26.03.14 09-00 Avtosaroy 9 19. Meliotaʼmirqurilish KMB MChJ Qarshi tuman, Avrora p. 27.03.14 09-00 Avtosaroy 7 20. Naxshab-Agrotrans MChJ Qarshi tuman, Komsomol qishlogʻi 28.03.14 09-00 Avtosaroy 15 21. Mashʼal xus. fir. Qarshi tuman, X. Xidir koʻchasi 31.03.14 09-00 Avtosaroy 3 22. Mirmironavtofayz MChJ Qarshi tuman, Mirmiron qishlogʻi 1.04.14 09-00 Avtosaroy 6 23. Suvchi Irrigator MChJ Qarshi tuman, Komsomol qishlogʻi 2.04.14 09-00 Avtosaroy 8 24. Universal TTICh Qarshi tuman, Mirmiron qishlogʻi 3.04.14 09-00 Avtosaroy 3 25. Abdulla ota xkxkk Beshkent shaharchasi, B. Ergashev koʻchasi 4.04.14 09-00 Avtosaroy 4 26. “Uzgazoil” UGR� Qarshi tuman, Dasht bekati 7.04.14. 09-00 Avtosaroy 34 27. “KMUS” MChJ Qarshi tuman, Dasht bekati 8.04.14 09-00 Avtosaroy 10 28. 18-son Qurilish i.ch.k. Qarshi tuman, Dasht bekati 9.04.14 09-00 Avtosaroy 6 29. 413-MMKK Qarshi tuman, Dasht bekati 10.04.14 09-00 Avtosaroy 12 30. “Agromextaʼmirchi” MChJ Beshkent shaharchasi, Aylanma yoʻli 11.04.14 09-00 Avtosaroy 5 31. “Agromeliomaslahat” MChJ Qarshi tuman, Yangibogʻ qishlogʻi 14.04.14 09-00 YXXB 2 32. “Kuchkak Agromash” servis MMTP Qarshi tuman, Koʻchkak qishlogʻi 15.04.14 09-00 Avtosaroy 5 33. “Sayitbektransservis” MChJ Qarshi tuman, Mustaqillik koʻchasi 16.04.14 09-00 Avtosaroy 6 34. “Parda Aziz�ektrans” x.k. Qarshi tuman, Gubdin qishlogʻi 17.04.14 09-00 Avtosaroy 24 35. “Tongsuvqurilish” MChJ Qarshi tuman, Komsomol qishlogʻi 18.04.14 09-00 YXXB 3 36. “Baxt” ferm. xoʻj Qarshi tuman, Kovchin qishlogʻi 21.04.14 09-00 YXXB 3 37. Maxsus koʻp tarmoqli i.ch.k. Qarshi tuman, Dasht bekati 22.04.14 09-00 YXXB 2 38. “Qarshibankstroyservis” MChJ Qarshi tuman, Xonobod qishlogʻi 23.04.14 09-00 Avtosaroy 4 39. “Kapital neftgaz qurilish invest” MChJ Qarshi tuman, Bogʻobod qishlogʻi 24.04.14 09-00 YXXB 3 40. “Lyuks-Veyer” xus. kor. Qarshi tuman, Yangiobod qishlogʻi 25.04.14 09-00 YXXB 2 41. “Chorbog” fer. xoʻj. Qarshi tuman, Chorbogʻ qishlogʻi 28.04.14 09-00 YXXB 3 42. “Dasht qurilish taʼmirlash” x.k. Qarshi tuman, Qoratepa qishlogʻi 29.04.14 09-00 Avtosaroy 4 43. “Qashqadaryomaxsussuvdrenaj” MChJ Qarshi tuman, Chaman qoʻrgʻoni 30.04.14 09-00 Avtosaroy 17 44. GGME Qarshi tuman, Chaman qoʻrgʻoni 1.05.14 09-00 Avtosaroy 19 45. “Sardor avto yuk” (ANK-11) Qarshi tuman, Komsomol qishlogʻi 2.05.14 09-00 Avtosaroy 50 46. “Agroqurilishtransservis” MChJ Qarshi tuman, Dasht bekati 5.05.14 09-00 Avtosaroy 12 47. UMR-10 Beshkent shaharchasi, Mustaqillik koʻchasi 6.05.14 09-00 Avtosaroy 17 48. MRSU-36 Beshkent shaharchasi, Aylanma yoʻli 7.05.14 09-00 Avtosaroy 8 49. “KKNISB” Qarshi tuman, Mirmiron qishlogʻi 8.05.14 09-00 Avtosaroy 10 50. UOS Qarshi tuman, Mirmiron qishlogʻi 9.05.14 09-00 Avtosaroy 19 51. Qarshi (Beshkent) YXTPTFK Beshkent shaharchasi, Aylanma yoʻli 12.05.14 09-00 Avtosaroy 12 52. Tuman elektr tarmoqlari Beshkent shaharchasi, Aylanma yoʻli 13.05.14 09-00 Avtosaroy 6
ESLATMA: Shaxsiy transport vositalari haftaning yakshanba kunidan tashqari boshqa kunlari soat 9-00 dan 18-00 ga qadar Qarshi tumanidagi “Sharofiddin Nurullo” MChJda texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
