Shahar iqtisodiyoti tarmoqlarini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (1125-q-son)
07.07.2014
Samarqand viloyati Samarqand shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 27-iyundagi PQ-2194 sonli “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va shu toʻgʻrisidagi viloyat hokimining 2014-yil 3-iyuldagi 129-Q sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 27-iyundagi PQ-2194-sonli “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va shu toʻgʻrisidagi viloyat hokimining 2014-yil 3-iyuldagi 129-Q-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror bilan 2014-yilning 1-martida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Bosh vazir oʻrinbosarlari rahbarligida uchta ishchi guruhning tarkibi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinganligi:
koʻp xonadonli uy-joy fondini, unga xizmat koʻrsatuvchi markazlashtirilgan qozonlar va qozonxonalarni, sovuq suv va markazlashtirilgan issiq suv taʼminoti tarmoqlarini joriy va kapital taʼmirlash, irrigatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish, markaziy va kvartallar ichidagi koʻchalarni sanitariya jihatidan tozalash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, shuningdek Toshkent shahri va respublikaning 28 ta yirik shaharlari xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati hamda boshqaruvchi servis kompaniyalari faoliyatini takomillashtirish ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (B.I. Zakirov);
ijtimoiy soha obyektlariga, iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga belgilangan muddatlarda hamda yetarli hajmlarda yoqilgʻi-energetika resurslarining asosiy turlarini — tabiiy gaz, elektr energiya, pech yonilgʻisi, koʻmir, tomlarni qoplovchi qattiq bitumni uzluksiz yetkazib berish, elektr va gaz taʼminoti, gaz taqsimlash punktlari, transformator podstansiyalarini joriy va kapital taʼmirlashni amalga oshirish ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (Gʻ.I. Ibragimov);
maktablar, bolalar bogʻchalari, “Mehribonlik” va mehr-shafqat uylari, tibbiyot muassasalari, kollejlar, litseylar, oliy oʻquv muassasalari va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga, mazkur obyektlarning tomlarini, ichki isitish tizimlari va qozonxonalarini joriy va kapital taʼmirlab, ularni muqobil yonilgʻi turlaridan foydalanishga oʻtkazishni, obyektlarning issiqlik bilan taʼminlanishini, tegishli sanitariya holati, ularning hududlarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishni nazarda tutuvchi ishlarni tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (A.I. Ikramov);
Bunda:
2014/2015-yillar kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondining barqaror faoliyat yuritishi uchun har bir ishchi guruhining aniq vazifalari belgilanganligi;
har bir hudud doirasida, shu jumladan respublikaning 28 ta yirik shaharlari va tumanlarida qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi, tarmoq jadvallari ishlab chiqilib, tasdiqlanganligi, masʼul ijrochilar — vazirliklar, idoralar, tijorat banklari rahbarlari ularga biriktirib qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Shahar iqtisodiyoti tarmoqlarini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar 1-ilovaga muvofiq;
asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda kapital va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2 va 3-ilovalarga muvofiq;
2014/2015-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, suyultirilgan gaz va IOMSni hududlar boʻyicha yetkazib berish topshiriqlari 4-ilovaga muvofiq;
shahar iqtisodiyoti tarmoqlarini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiyasi tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Shahar komissiyasi:
kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, koʻp xonadonli turar joy binolari, maktabgacha tarbiya, umum taʼlim maktablari, oʻrta maxsus va oliy taʼlim, sogʻliqni saqlash muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqsin va shu yilning 20-iyulidan kechikmay ushbu masala boʻyicha komissiyaning majlisini oʻtkazsin;
oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha viloyat iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida tayyorlash va ularning barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar hamda topshiriqlarni bajarish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilishini taʼminlasin.
6. Shahar hokimining oʻrinbosarlari (U.Abdullayev, U.Nazarov) mazkur qaror ijrosini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar ekanligi qayd qilinsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishi har chorakda shahar hokimligi yigʻilishlarida tanqidiy koʻrib chiqilsin.
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim A. ShUKUROV
Samarqand sh.,
2014-yil 7-iyul,
1125-q-son
Shahar hokimining 2014-yil 7-iyuldagi 1125-q-sonli qaroriga 1-ILOVA
2014/2015-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari, koʻp qavatli uy-joy fondi va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga barqaror tayyorlashni taʼminlash boʻyicha
ChORA-TADBIRLARI
T/r Tadbirlar nomi Ijro muddati Ijrosini taʼminlash boʻyicha masʼullar I. Tashkiliy masalalar 1. Chora-tadbirlar ishlab chiqish va tasdiqlash (sohalar kesimida masʼullar biriktirish va muddatlar belgilash): koʻp qavatli uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, xonadongacha issiqlik energiyasini yetkazib berish, liftlarni taʼmirlash, mahalla hududida, hamda uy-joylar atrofini sanitar tozaligini taʼminlash, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish; asosiy turdagi yoqilgʻi-energetika resurslarini oʻz vaqtida yetarli miqdorda yetkazib berish, elektr, issiqlik, tabiiy gaz taʼminoti obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini tashkil etish; ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga barqaror tayyorlash, sanitar holatini taʼminlash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish; tabiiy gaz yetib bormaydigan hududlardagi aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik bilan taʼminlash maqsadida tabiiy gaz yetkazib berilishi lozim boʻlgan hududlar chegarasini tasdiqlash; tabiiy gaz tanqisligi kutilayotgan hududlardagi ijtimoiy soha obyektlaridagi isitish qozonlarini koʻmir yoqilgʻisida ishlashga moslashtirish yoki yangisiga almashtirish yuzasidan tashkilotlar kesimidagi manzilli dasturlar hamda oyma-oy jadvallarini ishlab chiqib, ularni qoʻshimcha koʻmir yoqilgʻisi bilan taʼminlash. 2014-yil 20-iyul U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, korxona, muassasa va tashkilotlar 2. Iqtisodiyot tarmoqlarida yuqorida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ushbu sohaga moʻljallangan metodik tavsiyalar asosida amalga oshirish. 2014-yil 1-oktabrgacha U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, xoʻjalik birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlar 3. Mutasaddi boshqarmalar va tashkilotlar bilan birgalikdaoʻtgan yilgi muammolardan kelib chiqib, ishlab chiqilgan chora-tadbirlar asosida shahar iqtisodiyoti tarmoqlarini hamda uy-joy fondini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi takliflarni ilovadagi jadvallar asosida shahar hokimining tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqqa kiritish. 2014-yil 20-iyulgacha U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, “Oʻzdavneftegazinspeksiya” viloyat hududiy boʻlinmasi “Samarqand elektr tarmoqlari” OAJ bilan hamkorlikda, koʻmir mahsulotlarini yetkazib beruvchi korxonalari, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” hududiy boʻlinmasi 4. Tabiiy ga� tanqisligi kutilayotgan hududlardagi ijtimoiy soha obyektlari va aholini koʻmir yoqilgʻisi bilan taʼminlash. 2014-yil 20-iyulgacha U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, “Samarqandshahargaz” filiali, koʻmir mahsulotlarini yetkazib beruvchi korxonalar, “Oʻzdavenergonazorat” viloyat boʻlimi 5. Tabiiy gaz tanqisligi kutilayotgan hududlardagi aholi xonadonlariga koʻmir yoqilgʻisi va suyultirilgan gazni yetkazish mexanizmini ishlab chiqish va tasdiqlangan jadval asosida yetkazib berish. 2014-yil 20-iyulgacha U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, koʻmir mahsulotlarini yetkazib beruvchi korxonalar, “Oʻzdavneftegazinspeksiya” viloyat hududiy boʻlinmasi, “Samarqandshahargaz” filiali “Oʻzbekiston temir yoʻllari” hududiy boʻlinmasi bilan hamkorlikda 6. Aholi xonadonlarining koʻmir mahsulotiga boʻlgan talablaridan kelib chiqqan holda koʻmir mahsuloti yetkazib beruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektni aniqlash. hamda koʻmirni oʻz vaqtida yetkazib berishni nazorat qilish. 2014-yil 20-iyulgacha U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari 7. Iqtisodiyot tarmoqlariga texnik tuzni yetkazib berish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlangan jadval asosida 2014-yil 1-oktabrga qadar yetkazib berilishini taʼminlash. 2014-yil 20-iyulgacha U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, korxona, muassasa va tashkilotlar 8. Kuz-qish mavsumi davrida elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojning oshishi va isteʼmol miqdorining oshishi natijasida elektr tarmoqlarida ortiqcha kuchlanishni oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash. 2014-yil 1-sentabrgacha U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, “Samarqand elektr tarmoqlari” OAJ va korxona, muassasa, tashkilotlar 9. Asosiy turdagi yoqilgʻi-energetika resurslarini oʻz vaqtida yetarli miqdorda yetkazib berish, elektr, issiqlik, tabiiy gaz taʼminoti obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash. 2014-yil 1-sentabrgacha “Samarqand elektr tarmoqlari” OAJ, “Oʻzdavneftegazinspeksiya” viloyat hududiy boʻlinmasi, “Samarqandshahargaz” filiali 10. Shahar hududida joylashgan toifalangan va oʻta muhim, elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminoti asosiy tarmoqdan uzilmaydigan korxonalar boʻyicha 2014/2015-yillarga moʻljallangan chora-tadbir belgilash. 2014-yil 1-sentabrgacha U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, “Samarqand elektr tarmoqlari” OAJ, “Oʻzdavneftegazinspeksiya” viloyat hududiy boʻlinmasi, shahar favqulodda vaziyatlar boʻlimi 11. Shahar hududidagi harbiy mudofaa tizimidagi obyektlarni uzluksiz elektr va tabiiy gaz bilan taʼminlash yuzasidan 2014/2015-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar belgilash. 2014-yil 20-sentabrgacha Shahar Mudofaa boʻlimi, “Samarqandshahargaz” filiali, “Samarqand elektr tarmoqlari” OAJ, “Oʻzdavneftegazinspeksiya” viloyat hududiy boʻlinmasi 12. Temir yoʻl orqali olib kelinadigan yuklarni oʻz vaqtida tushirishni tashkillashtirish, vagonlarni turib qolishini oldini olish, tungi vaqtlarda va bayram kunlarida temir yoʻl tarmoqlarida taʼmirlash ishlarini barqaror ishlarni tashkil etish. 2014-yil 1-oktabrgacha “Oʻzbekiston temir yoʻllari” hududiy boʻlinmasi II. Asosiy turdagi yoqilgʻi-energetika resurslarini oʻz vaqtida yetarli miqdorda jamgʻarish va 2014/2015-yillarda barqaror yetkazib berish 1. Sha�ar mudofaa ishlari boʻlimiga qarashli obyektlariga yetarli miqdorda belgilangan limit doirasida shartnoma asosida qurilish, yoqilgʻi-energetika resurslari va koʻmir mahsulotlarini yetkazish. 2014-yil 1-avgustgacha Shahar Mudofaa boʻlimi, koʻmir mahsulotlarini yetkazib beruvchi korxonalar, qurilish korxonalari, “Oʻzdavneftegazinspeksiya” viloyat hududiy boʻlinmasi 2. Tasdiqlangan ishlab chiqarish balansi va tabiiy gaz chiqish hamda yetkazish, 2014-yilning oktyabr va 2015-yilning aprel oyiga qadar oylar boʻyicha tuzilgan grafik asosida aholi va ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish grafigini ishlab chiqish. 2014-yil 15-sentabrgacha “Samarqandshahargaz” filiali “Samarqand elektr tarmoqlari” OAJ bilan hamkorlikda 3. “Oʻztransgaz” AK va tizimga kiruvchi korxonalar bilan tabiiy gaz taqsimlash qutilari va magistral tarmoqlarini texnik holatini nazorat qiluvchi korxonalar bilan hamkorlikda nazorat koʻrigidan oʻtkazish. 2014-yil 1-oktabrgacha “Sanoatgeokontexnazorat” va “Oʻzdavneftegazinspeksiya” hududiy boʻlinmalari, “Samarqanshahargaz” filiali 4. 2014/2015-yil joylardagi mavjud xususiylashtirilgan gaz toʻldirish stansiyalari (GNS) rahbarlari bilan birgalikda ushbu korxonalardagi suyultirilgan gaz saqlash sigʻimlari, gaz ballonlarini toʻldirish uskunalari, temir yoʻl estakadalarining quvvatlarini oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilash va belgilangan jadval asosida aholi xonadonlariga uzluksiz yetkazish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. rejasini ishlab chiqib, bajarilishini taʼminlash. 2014-yil 1-oktabrdan 2014-yil 1-martgacha U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, “Oʻzdavneftegazinspeksiya” viloyat hududiy boʻlinmasi, “Samarqandshahargaz” filiali, shahar iqtisodiyot boʻlimi 5. Kuz-qish mavsumi davrida korxona va muassasalar balansida boʻlgan qozonxonalarni uzluksiz ishlashini taʼminlash va issiqlik energiyasi bilan taʼminlash uchun suyuq va qattiq yoqilgʻi resurslar zaxirasini yaratish. (3-ilova) 2014-yil 1-noyabrgacha U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, boshqarma, xoʻjalik birlashmalari va boshqa korxonalar, “Samarqand elektr tarmoqlari” OAJ, “Oʻzdavneftegazinspeksiya” viloyat hududiy boʻlinmasi, koʻmir mahsulotlarini yetkazib beruvchi korxonalari 6. Elektr energiya taʼminotidagi texnologik uskunalar, nim stansiyalar va tarmoqlarni mukammal taʼmirlash ishlarini yakunlash, elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojning osh�shi va isteʼmol miqdorining eng yuqori vaqtlarida elektr tarmoqlarida zoʻriqishni oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash. 2014-yil 1-noyabrgacha “Samarqand elektr tarmoqlari” OAJ, “Samarqandshahargaz” filiali, koʻmir mahsulotlarini yetkazib beruvchi korxonalar 7. Isteʼmolchilarga ikkilamchi yoqilgʻi mahsulotini (koʻmir va boshqa yoqilgʻi mahsulotlari) uzluksiz yetkazish berish (budjet mablagʻi, toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma, kimoshdi savdosi orqali). Doimiy “Oʻzdavneftegazinspeksiya” viloyat hududiy boʻlinmasi III. Koʻp qavatli uy-joy fondini 2014/2015-yillar kuz-qish mavsumi davriga tayyorlash va barqaror ishlashini taʼminlash chora-tadbirlari 1. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga mukammal taʼmirlash ishlariga talab etiladigan moliyaviy manbalarni oʻz vaqtida moliyalashtirish ishlarini tashkil qilish (shirkat, kredit, homiylik mablagʻlari 2014-yil 1-sentabrgacha U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, shahar hokimligi moliya boʻlimi, shahar shirkatlar uyushmasi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari 2. Uy-joy, bino va inshootlarni texnik hamda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi va javob berish yuzasidan nazorat koʻrigidan oʻtkazish. 2014-yil 1-sentabrgacha viloyat IIB, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi boshqarma va korxonalar bilan hamkorlikda, shahar shirkatlar uyushmasi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari 3. Issiqlik energiyasi bilan taʼminlanmagan koʻp qavatli uy-joylarni aniqlash va issiqlik energiyasi bilan taʼminlash choralarini koʻrish. 2014-yil 1-sentabrgacha, 2014-yil 1-oktabrgacha U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, shahar shirkatlar uyushmasi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari 4. Ishlab chiqilgan Dastur asosida koʻp qavatli uy-joylarni tom qismlarini mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha bajarilgan ishlarni xatlovdan oʻtkazish. 2014-yil 1-oktabrgacha U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, shahar shirkatlar uyushmasi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, ixtisoslashtirilgan davlat korxonalari 5. Koʻp qavatli uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarini tugallash, bajarilgan ishlarni qabul qilish, issiqlik uzatish tarmoqlarini izolatsiyalash, issiqlik energiyasi bilan va barqaror ishlashini taʼminlash, yer toʻla, chordoq va muhandislik tarmoqlarini, kirish yoʻlaklari va eshiklarni nazorat koʻrigidan oʻtqazish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish. 2014-yil 1-oktabrgacha U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish shahar boʻlimi, shahar shirkatlar uyushmasi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari IV. Aholi isteʼmolchilarini uzluksiz issiqlik energiyasi bilan taʼminlash. 1. Qozonxonalarni mukammal va joriy taʼmirlash. 2014-yil 1-oktabrgacha U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, korxona, muassasa va tashkilotlar, “Sanoatgeokontexnazorat” viloyat boʻlinmasi, viloyat “Issiqlik manbai” OAJ 2. Mavjud qozonlar va uskunalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish. Texnik talabga javob bermaydigan qozonlarni toʻxtatish. 2014-yil 1-oktabrgacha U.Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, “Sanoatgeokontexnazorat” viloyat boʻlinmasi, “Samarqandshahargaz” filiali, viloyat “Issiqlik manbai” OAJ 3. Hududiy “Sanoatgeokontexnazorat”, “Oʻzdavenergonazorat” va “Oʻzdavneftegazinspeksiya”lar bilan hamkorlikda joriy yil dasturiga kiritilgan qozonlar va tarmoqlarni mukammal va joriy taʼmirlash, issiqlik uzatish tarmoqlarini izolatsiyalash ishlarini koʻrib chiqish.(2-3 ilova) 2014-yil 20-iyulgacha U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, “Sanoatgeokontexnazorat” viloyat boʻlinmasi, “Oʻzdavenergonazorat” viloyat boʻlinmasi, “Oʻzdavneftegazinspeksiya” viloyat boʻlinmasi, viloyat “Issiqlik manbai” OAJ 4. Issiqlik uzatish tarmoqlarini texnik holatlari boʻyicha nazorat koʻrigidan oʻtkazish (2-3 ilova) 2014-yil 1-oktabrgacha U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, “Oʻzdavenergonazorat” viloyat boʻlinmasi, viloyat “Issiqlik manbai” OAJ V. Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumi davrida barqaror ishlashga tayyorlash chora-tadbirlari ijrosini taʼminlash. 1. 2014/2015-yillar kuz-qish mavsumi davrida ijtimoiy soha (masʼullar va bajariladigan ishlar muddatlari aniq koʻrsatilgan holda), yaʼni xalq taʼlimiga qarashli obyektlarni (umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim muassasalari), qozonxonalar va muhandislik tarmoqlarini barqaror ishlashga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlarini belgilash. 2014-yil 20-iyulgacha Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish Samarqand shahar boʻlimi 2. Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish shahar xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar ijrosini 2014-yil 1-sentabrga qadar yakunlash. 2014-yil 20-iyuldan 25-avgustgacha Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish Samarqand shahar boʻlimi 3. Mukammal va joriy taʼmirlash qabul qilish dalolatnomalarini rasmiylashtirish. 2014-yil 1-avgustdan 25-avgustgacha Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish Samarqand shahar boʻlimi 4. Issiqlik taʼminoti, tarmoqlari va qozonlarni mavsuga tayyorgarligi toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirish. 2014-yil 25-avgustgacha Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish Samarqand shahar boʻlimi 5. Belgilangan reja asosida koʻmir mahsuloti xarid qilish uchun ajratiladigan mablagʻni oʻz vaqtida moliyalashtirish va jamgʻarish. 2014-yil 25-avgustgacha Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish Samarqand shahar boʻlimi 6. 2014/2015-yillar kuz-qish mavsumi davrida sogʻlikni saqlash (masʼullar va bajariladigan ishlar muddatlari aniq koʻrsatilgan holda) obyektlarni (shifoxonalar va poliklinika muassasalari), qozonxonalar va muhandislik tarmoqlarini barqaror ishlashga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlarini belgilash. Sogʻliqni saqlash muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar ijrosini 2014-yil sentyabrga qadar yakunlash. issiqlik tarmoqlari va qozonlarini mavsumga tayyorlash; jamgʻarilishi lozim boʻlgan koʻmir mahsuloti uchun ajratilayotgan mablagʻlarni oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlash va jamgʻarish. 2014-yil 1-sentabrgacha Shahar tibbiyot birlashmasi VI. Chora-tadbirlar ijrosini monitoring qilish. 1. Shahar hokimligi komissiyasi tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarini 2014/2015-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash chora-tadbirlari ijrosini koʻrish. muntazam (har oy) Shahar hokimligi kotibiyat mudirlari 2. 2014/2015-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini borishi toʻgʻrisida hududiy komissiyaga axborotnoma kiritish. Har chorakda (2014-yil 20-iyuldan boshlab) U. Abdullayev — shahar hokimining birinchi oʻrinbosari 3. Iqtisodiyot tarmoqlarini 2014/2015-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarni keng yoritish. Doimiy Viloyat teleradiokompaniyasi, aloqa va axborotlashtirish agentligi, hududiy boshqarmasi, “Samarqand” gazetasi tahririyati.
Shahar hokimining 2014-yil 7-iyuldagi 1125-q-sonli qaroriga 2-ILOVA
Samarqand shahrida asosiy muxandislik kommunikatsiyalar va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini xududlar boʻyicha 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal taʼmirlash boʻyicha tuman (shahar)lar kesimida
TOPShIRIQLAR
Shahar hokimining 2014-yil 7-iyuldagi 1125-q-sonli qaroriga 3-ILOVA
Samarqand shahrida asosiy muxandislik kommunikatsiyalar va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini xududlar boʻyicha 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda joriy taʼmirlash boʻyicha tuman (shahar)lar kesimida
TOPShIRIQLAR
Shahar hokimining 2014-yil 7-iyuldagi 1125-q-sonli qaroriga 4-ILOVA
Samarqand shahrida koʻmir, suyultirilgan gaz, IOMS zaxirasini xududlar boʻyicha 2014/2015-yillar kuz-qish davrida jamgʻarish
TOPShIRIQLARI
t/r Hududlar Koʻmir ( tonna) Suyultirilgan gaz (tonna) IOMS (tonna) Jami (tonna) budjet tashkilotlari (tonna) shu jumladan: Aholi uchun JAMI (tonna) shu jumladan: Iqtisodiyotning real tarmogʻi (sanoat korxonalari, gʻisht zavodlar) Xalq taʼlim Boshqarmasi (tonna) Sogʻliqni saqlash boshqarmasi (tonna) Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim boshqarmasi (tonna) Distribyutor markazi orqali aholi uchun koʻmir yetkazib beruvchi tashkilotlar orqali “Xarazm briket” unitar korxonasi orqali (tonna) 1. Samarqand shahri 5045 1045 803 242 0 4000 4000 580 5
Shahar hokimining 2014-yil 7-iyuldagi 1125-q-sonli qaroriga 5-ILOVA
Shahar iqtisodiyoti tarmoqlarini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha viloyat komissiyasi
TARKIBI
Eslatma: komissiya tarkibiga shaharlar va tumanlar hokimlari ham kiradi.
Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning oʻrniga yangi tasdiqlangan xodim komissiya aʼzosi hisoblanadi.
