Tumanda 2014-yilda avtomototransport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (X-59/1-son)
21.01.2014
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududida joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda;
4. Qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkaziladi.
yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart — 30-iyunda oʻtkaziladi.
jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-yanvar — 31-avgustda oʻtkazilsin.
5. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi rahbariga:
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash yuklatilsin.
6. Tumandagi barcha transport vositalari egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini texnik pasporti bilan birgalikda texnik koʻrikdan oʻtkazilishini, ularning texnik jihatdan sozligini va oʻz vaqtida reja jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining ichki va soqchilik qoʻshinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalari koʻrsatib oʻtilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi inobatga olinsin.
8. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq yigʻim undirilsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari v/b T. Toshev zimmasiga yuklatilsin.
10. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim F. NOROV
Shahrisabz sh.,
2014-yil 21-yanvar,
X-59/1-son
Tuman hokimining 2014-yil 21-yanvardagi X-59/1-sonli qaroriga 1-ILOVA
Shahrisabz tumani hududida 2014-yil avtomototransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
Tuman hokimining 2014-yil 21-yanvardagi X-59/1-sonli qaroriga 2-ILOVA
Shahrisabz tumanida mavjud boʻlgan tashkilot, korxona va avtoxoʻjaliklarga tegishli avtomototransport vositalarining 2014-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Avtoxoʻjalik va tashkilotlar nomi Joylashgan manzili Koʻrikdan oʻtadigan kun Vaqti Koʻrikdan oʻtadigan joyi Transport vositasi soni 1. Ipoteka bank I. Yoʻli koʻchasi 3.03.14 8.00 Avtosaroyi 3 2. Xalq banki I. Yoʻli koʻchasi 3.03.14 13.00 Avtosaroyi 1 3. Kafolat DASK T. Boho�ir koʻchasi 4.03.14 8.00 Avtosaroyi 1 4. Agrosugʻurta DASK T. Bohodir koʻchasi 4.03.14 13.00 Avtosaroyi 1 5. Toʻron bank I. Yoʻli koʻchasi 5.03.14 8.00 Avtosaroyi 2 6. “Hisor” oʻrmon xoʻj I. Yoʻli koʻchasi 5.03.14 13.00 Avtosaroyi 4 7. Tibbiyot kolleji I. Yoʻli koʻchasi 6.03.14 8.00 Avtosaroyi 1 8. Pedagogika kolleji Loliston q/q 6.03.14 13.00 Avtosaroyi 4 9. Toʻra Asqar k/k Gʻ. Gʻulom koʻchasi 7.03.14 8.00 Avtosaroyi 1 10. Soliq inspeksiyasi Gʻ. Gʻulom koʻchasi 7.03.14 13.00 Avtosaroyi 1 11. Don rizq roʻzimiz Beruniy koʻchasi 10.03.14 8.03 Avtosaroyi 6 12. Shahrisabz Farm Beruniy koʻchasi 10.03.14 13.00 Avtosaroyi 1 13. Sharq k/k Paxtakor koʻchasi 11.03.14 8.00 Avtosaroyi 5 14. Abdurauf k/k Paxtakor koʻchasi 11.03.14 13.00 Avtosaroyi 4 15. Iqtisodiyot kollej T. Bohodir koʻchasi 12.03.14 8.00 Avtosaroyi 10 16. Veterinariya boʻlim Paxtakor koʻchasi 12.03.14 13.00 Avtosaroyi 2 17. MTP DAJ I. Yoʻli koʻchasi 13.03.14 8.00 Avtosaroyi 4 18. Kesh-Al-Luqmon k/k I. Yoʻli koʻchasi 13.03.14 13.00 Avtosaroyi 2 19. Non zavodi T. Bohodir koʻchasi 14.03.14 8.00 Avtosaroyi 5 20. Meros MChJ T. Bohodir koʻchasi 14.03.14 13.00 Avtosaroyi 2 21. Vatanparvar maktab Sinabogʻ q/q 17.03.14 8.00 Avtosaroyi 12 22. Dunyo MChJ Andijon koʻchasi 17.03.14 13.00 Avtosaroyi 1 23. Qashqadaryotelekom I. Yoʻli koʻchasi 18.03.14 8.00 Avtosaroyi 2 24. Kimyo OHJ I. Yoʻli koʻchasi 18.03.14 13.00 Avtosaroyi 6 25. PMK-130 ABZ Pillakashlik 19.03.14 8.00 Avtosaroyi 5 26. Ipak Yoʻli banki Pillakashlik 19.03.14 13.00 Avtosaroyi 2 27. Markaz suvdrenaj Tutzor mahalllasi 20.03.14 8.00 Avtosaroyi 8 28. Moliya boʻlimi I. Yoʻli koʻchasi 20.03.14 13.00 Avtosaroyi 1 29. Chorshanbe kolleji Chorshanbe qoʻrgʻoni 24.03.14 8.00 Avtosaroyi 8 30. Alisher Axtam k/k Chorshanbe qoʻrgʻoni 24.03.14 13.00 Avtosaroyi 2 31. Tibbiyot birlashma I. Yoʻli koʻchasi 25.03.14 8.00 Avtosaroyi 11 32. Akademik litsey V. Berdiyev koʻchasi 25.03.14 13.00 Avtosaroyi 1 33. Chorshanbe USTKK Chorshanbe qoʻrgʻoni 26.03.14 8.00 Avtosaroyi 6 34. 2-sonli shifoxona Chorshanbe qoʻrgʻoni 26.03.14 13.00 Avtosaroyi 15 35. Kesh-tur-trans Gʻ. Gʻulom koʻchasi 27-28.03.14 8.00 Avtosaroyi 54 36. Kenjayev Musurmon Paxtakor koʻchasi 31.03.14 8.00 Avtosaroyi 19 37. Shaxzodbektrans Andijon koʻchasi 1.04.14 8.00 Avtosaroyi 22 38. Miroqi lyuks MChJ Choshtepa q/q 2.04.14 8.00 Avtosaroyi 12 39. Estana-servis MChJ I. Yoʻli koʻchasi 3-4.04.14 8.00 Avtosaroyi 48 40. Roziqov Nodir Paxtakor mahallasi 7.04.14 8.00 Avtosaroyi 15 41. Ilhom MChJ Nizomiy koʻchasi 8.04.14 8.00 Avtosaroyi 22 42. Poʻlatbobo MChJ Nekuz koʻchasi 9.04.14 8.00 Avtosaroyi 38 43. ShTEU-Avto MChJ Choshtepa q/q 10.04.14 8.00 Avtosaroyi 14 44. Katodtrans MChJ Chorshanbe qoʻrgʻoni 11.04.14 8.00 Avtosaroyi 33 45. Boqiyev Akobirmirzo I. Yoʻli koʻchasi 14.04.14 8.00 Avtosaroyi 16 46. Avtouyushma korxonasi Paxtakor mahallasi 15.04.14 8.00 Avtosaroyi 17 47. Transformerinvest I. Yoʻli qoʻchasi 16.04.14 8.00 Avtosaroyi 17 48. Shuhrat-Al-Luqmon X. Baxshi koʻchasi 17.04.14 8.00 Avtosaroyi 23 49. Avtokeshglobus Choshtepa q/q 18.04.14 8.00 Avtosaroyi 17 50. Dilobar Xomidova I. Yoʻli koʻchasi 21.04.14 8.00 Avtosaroyi 24 51. Melikov Akobir I. Yoʻli koʻchasi 22.04.14 8.00 Avtosaroyi 10 52. Oqsaroy toʻqimachi Beruniy koʻchasi 23.04.14 8.00 Avtosaroyi 8 53. Himolay-Hindiston Pillakashlik 23.04.14 13.00 Avtosaroyi 5 54. Sharob-Aroq zavod I. Yoʻli koʻchasi 24.04.14 8.00 Avtosaroyi 8 55. Neftbaza UK I. Yoʻli koʻchasi 25.04.14 8.00 Avtosaroyi 14 56. Yusupov Asadbek k/k I. Yoʻli koʻchasi 28.04.14 8.00 Avtosaroyi 5 57. Avtoyoʻl MChJ Andijon koʻchasi 28.04.14 13.00 Avtosaroyi 14 58. Xumoyun MChJ V. Berdiyev koʻchasi 29.04.14 8.00 Avtosaroyi 8 59. Koʻz kasalliklari Tezguzar q/q 29.04.14 13.00 Avtosaroyi 2 60. Obodonlashtirish Nizomiy koʻchasi 30.04.14 8.00 Avtosaroyi 5 61. Maxsus sanitar kor Nizomiy koʻchasi 30.04.14 13.00 Avtosaroyi 5 62. SES korxonasi I. Yoʻli koʻchasi 1.05.14 8.00 Avtosaroyi 10 63. KUXYuMM korxona Chorshanbe qoʻrgʻoni 1.05.14 13.00 Avtosaroyi 6 64. Oqsuv irrigatsiya I. Yoʻli koʻchasi 2.05.14 8.00 Avtosaroyi 10 65. Ural-Sharq korxona Qorasuv q/q 2.05.14 13.00 Avtosaroyi 3 66. Qashqadaryo ET Beruniy koʻchasi 5-6.05.14 8.00 Avtosaroyi 50 67. Shahrisabz MET Beruniy koʻchasi 7.05.14 8.00 Avtosaroyi 15 68. Sado trikotaj fabr Beruniy koʻchasi 7.05.14 13.00 Avtosaroyi 2 69. XATP-12 I. Yoʻli koʻchasi 8.05.14 8.00 Avtosaroyi 15 70. Beruniy oromgohi I. Yoʻli koʻchasi 8.05.14 13.00 Avtosaroyi 1 71. MK-14 I. Yoʻli koʻchasi 12.05.14 8.00 Avtosaroyi 22 72. Avtomobilchi MChJ I. Yoʻli koʻchasi 13.05.14 8.00 Avtosaroyi 24 73. Kuzatish stansiyasi I. Yoʻli koʻchasi 14.05.14 8.00 Avtosaroyi 3 74. Murodulla Sherbek Beruniy koʻchasi 14.05.14 13.00 Avtosaroyi 4 75. Xisorak suv ombori Miraki qoʻrgʻoni 15.05.14 8.00 Avtosaroyi 22 76. Miraki GES Miraki qoʻrgʻoni 16.05.14 8.00 Avtosaroyi 4 77. Miraki sanatoriya Miraki qoʻrgʻoni 16.05.14 13.00 Avtosaroyi 1 78. PMS-214 Tanxoz qoʻrgʻoni 19.05.14 8.00 Avtosaroyi 10 79. Noruda materiallar Tanxoz qoʻrgʻoni 19.05.14 13.00 Avtosaroyi 20 80. ATP MChJ Miraki qoʻrgʻoni 20.05.14 8.00 Avtosaroyi 6 81. Ayollar muruvvat uyi Uloch q/q 20.05.14 13.00 Avtosaroyi 3 82. Shahrisabz-35 MChJ I. Yoʻli koʻchasi 21.05.14 8.00 Avtosaroyi 40 83. Oqsaroy MChJ Irgʻovul q/q 22.05.14 8.00 Avtosaroyi 8 84. Zbasirxash MMTP Duxchi q/q 22.05.14 13.05 Avtosaroyi 1 85. Geologiya qidiruv I. Yoʻli koʻchasi 23.05.14 8.00 Avtosaroyi 34 86. Xumo temir-beton Miraki qoʻrgʻoni 26.05.14 8.00 Avtosaroyi 22 87. Geologiya qoʻriqxona Narimon q/q 27.05.14 8.00 Avtosaroyi 4 88. Explod MChJ Yangi q/q 27.05.14 13.00 Avtosaroyi 1 89. Xisorak tresti Pillakashlik 28-29.05.14 8.00 Avtosaroyi 57 90. Dustyorov M k/k Ommagʻon q/q 30.05.14 8.00 Avtosaroyi 1 91. Ergash oʻgʻli Abduvas Ommagʻon q/q 30.05.14 13.00 Avtosaroyi 3 92. Botir polvon MChJ F. Xoʻjayev koʻchasi 2.06.14 8.00 Avtosaroyi 1 93. Agrosuvjihoz invest Namaton q/q 2.06.14 13.00 Avtosaroyi 1 94. Yulduz firmasi Sagdiy koʻchasi 3.06.14 8.00 Avtosaroyi 1 95. Toʻron MChJ Yangi q/q 3.06.14 13.00 Avtosaroyi 2 96. Oʻzgidromet korxonasi I. Yoʻli koʻchasi 4.06.14 8.00 Avtosaroyi 1 97. Shahri-Kesh firmasi I. Yoʻli koʻchasi 4.06.14 13.00 Avtosaroyi 3 98. Saidov B. k/k Beruniy koʻchasi 5.06.14 8.00 Avtosaroyi 3 99. Ergashev Oʻ. firmasi Tanxoz qoʻrgʻoni 5.06.14 13.00 Avtosaroyi 2 100. Soʻgʻdiyona MChJ Chorshanbe qoʻrgʻoni 6.06.14 8.00 Avtosaroyi 10 101. Matbuot tarqatuvchi I. Yoʻli koʻchasi 6.06.14 13.00 Avtosaroyi 2 102. Alfiya MChJ Gʻ. Gʻulom koʻchasi 9.06.14 8.00 Avtosaroyi 1 103. Chorvador f/x Duxchi q/q 9.06.14 13.00 Avtosaroyi 1 104. Savinur kesh firma Gʻ. Gʻulom koʻchasi 10.06.14 8.00 Avtosaroyi 1 105. Ekokonserva baraka Pillakashlik 10.06.14 13.00 Avtosaroyi 6 106. Nurullo MChJ Chorqi q/q 11.06.14 8.00 Avtosaroyi 1 107. Xazrati Imom masjidi M. Ashtar koʻchasi 11.06.14 13.00 Avtosaroyi 1 108. Kesh yogʻdusi firmasi Kunchiqar koʻchasi 12.06.14 8.00 Avtosaroyi 1 109. Isayev hamkor korxonasi Fargʻona koʻchasi 12.06.14 13.00 Avtosaroyi 1 110. Baxriniso firmasi Yangi q/q 13.06.14 8.00 Avtosaroyi 2 111. Jasmin intertrans Zingiron koʻchasi 13.06.14 13.00 Avtosaroyi 2 112. Shahlo firmasi Qorapoycha q/q 16.06.14 8.00 Avtosaroyi 1 113. Himoya advokatlik Nizomiy koʻchasi 16.06.14 13.00 Avtosaroyi 1 114. Olimjon firmasi Nekuz koʻchasi 17.06.14 8.00 Avtosaroyi 1 115. Feruz k/k I. Yoʻli koʻchasi 17.06.14 13.00 Avtosaroyi 3 116. Kesh nur makoni Yangi q/q 18.06.14 8.00 Avtosaroyi 1 117. A.Temur k/k Fargʻona koʻchasi 18.06.14 13.00 Avtosaroyi 2 118. Kesh mehri koʻzi oji Sheroziy koʻchasi 19.06.14 8.00 Avtosaroyi 3 119. Yusupov N. firma Qorasuv q/q 19.06.14 13.00 Avtosaroyi 2 120. Sodiq nur baralla T. Bohodir koʻchasi 20.06.14 8.00 Avtosaroyi 2 121. Maxobat qurilish Xojimaydon q/q 20.06.14 13.00 Avtosaroyi 3 122. Maryam oʻgʻli firmasi I. Yoʻli koʻchasi 23.06.14 8.00 Avtosaroyi 3
