3-modda. Birja tovari
Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida (625-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Kuchini yo'qotgan
1. Mol-mulk, shu jumladan koʻchmas mol-mulk, xizmatlar, mahsulot yetkazib berishga doir shartnomalar, intellektual mulk, qiymatli qogʻozlar, valyuta mablagʻlari va fuqarolar oʻrtasida muomalaga chiqariladigan boshqa tovar birja tovari hisoblanadi.
2. Yer, yer osti boyliklari, suvlar, boshqa tabiiy resurslar, madaniyat va tarixga doir milliy boyliklar roʻyxati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa turdagi tovarlar birja tovari boʻlishi mumkin emas.
