10-modda. Birjaning faoliyat sohasi
Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida (625-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Kuchini yo'qotgan
1. Birja birjaning savdo-sotigʻini tashkil etish va uni tartibga solib turishga doir faoliyat bilan shugʻullanishga haqlidir.
2. Birja oldi-sotdi, savdo-vositachilik faoliyati bilan bevosita shugʻullanishi mumkin emas.
Ishlab chiqarish (mahsulotlar va mollar), savdo va savdo-vositachilik faoliyati bilan shugʻullanishni maqsad qilib qoʻygan, shuningdek birjada oʻzining brokerlik oʻrniga ega boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga birja pul qoʻyishga, ularning ulushi (payi)ni, aksiyalarini sotib olishga, muassisi boʻlishga haqli emas.
Birja savdolarini samarali oʻtkazishga koʻmaklashuvchi hamda birja infrastrukturasini (konsalting, targʻibot va boshqa xizmat turlari) tarkib toptiruvchi korxonalar uchun birja muassis boʻlishi mumkin.
