Oʻzbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlar olib kelinishini yanada tartibga solish toʻgʻrisida (279-son)
19.06.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika hududiga jismoniy shaxslar tomonidan isteʼmol tovarlari olib kelinishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tijorat maqsadlarida un olib kelishda jismoniy shaxslardan undiriladigan yagona bojxona toʻlovi belgilangan tartibga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yigʻimni toʻlash kunidagi kursi boʻyicha milliy valyuta — “soʻm”da toʻlanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining respublika hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlar olib kelinishini tartibga solishga doir ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 27-sentabrdagi 335-son qarori 2-bandining amal qilishi 2003-yil 1-iyuldan boshlab toʻxtatilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda idoraviy normativ hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.Z. Usmonov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 19-iyun,
279-son
