“Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-2175-son)
13.05.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Namangan viloyatidagi sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirishni va Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumati tomonidan Shanxay xamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar uchun beriladigan kredit mablagʻlari hisobiga moliyalashtirilayotgan investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “China National Elektrik Enjineering Co. Ltd” (XXR) kompaniyasi oʻrtasida “Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini bajarish doirasida texnologiya uskunalari, ehtiyot qismlar yetkazib berish, shef-montajni amalga oshirish, sozlash va xodimlarni oʻqitish uchun qiymati 4 084,8 ming AQSH dollariga teng shartnoma tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, “Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini moliyalashtirish:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki orqali qayta moliyalashtiriladigan, 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yil imtiyozli davr bilan, yillik 2,2 foiz stavkali, qayta moliyalashtiradigan bankning 0,2 foiz marjasini hisobga olgan holda, beriladigan 3,88 mln AQSH dollari miqdordagi XXR Eksimbankining qarz mablagʻlari hisobiga;
ekvivalenti 7,53 mln AQSH dollari, shu jumladan soliq va bojxona toʻlovlaridan ozod etish tarzidagi 1,98 mln AQSH dollari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qarz mablagʻlaridan maqsadli foydalanish va “Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini samarali amalga oshirish uchun byurtmachi va masʼul ijrochi organ hisoblanadi;
“Oʻzsuvloyiha” OAJ mazkur loyihaning bosh loyihachisi hisoblanadi;
asosiy qarzni uzish, kreditga xizmat koʻrsatish va moliyalashni tashkil etish bilan bogʻliq foizlar, komissiyalar va xarajatlarni toʻlash Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
loyiha toʻrt yil (2014 — 2017-yillar) davomida amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar:
“Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasining texnik-iqtisodiy asosi va obyektni ishga tushirish muddati 2017-yilning IV choragiga belgilangan holda uning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirish rejasi 2-ilovaga muvofiq;
“Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi yuzasidan XXR Eksimbanki qarz mablagʻlari boʻyicha asosiy qarzni uzish, foizlar va komissiyalarni toʻlashning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini moliyalashtirishni tashkil etish uchun:
XXR Eksimbanki bilan individual qarz bitimini;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan XXR Eksimbanki qarz mablagʻlarini qayta moliyalashtirishga kredit shartnomasini tuzsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomida:
XXR Eksimbankiga — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining toʻlov majburiyatlari boʻyicha;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining XXR Eksimbanki kreditlari boʻyicha toʻlov majburiyatlari yuzasidan haq undirmagan holda kafolatlarni imzolash vakolati berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari boʻyicha belgilangan tartibda qarz bitimlarida nazarda tutilgan shaklda yuridik xulosalar bersin.
8. “Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi amalga oshiriladigan davrda va amalga oshirilgandan soʻng bir yillik kafolat muddati davomida:
loyihani amalga oshirish doirasida olib kelinadigan, shu jumladan “vaqtincha olib kirish” rejimida olib kelinadigan uskunalar, maxsus texnika, ehtiyot qismlar va materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari-yuridik shaxslarning foyda soligʻini toʻlashdan (loyiha bajaruvchilari);
loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari-jismoniy shaxslarning daromad soligʻini toʻlashdan;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida loyihani amalga oshirish doirasida sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda “Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida qurilish-montaj ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga “Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining hissasini moliyalashtirish uchun markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlarini nazarda tutsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalari boʻyicha ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmagan holda kirish vizalarini rasmiylshtirishni taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalari boʻyicha ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirmagan holda belgilangan tartibda koʻp martalik vizalarni berish va muddatini uzaytirish, shuningdek yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik propiska qilishni va propiskani uzaytirishni rasmiylashtirishni taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalari boʻyicha ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berishni (uzaytirishni), shuningdek ularga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga tasdiqnoma berishni taʼminlasin.
14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 13-may,
PQ-2175-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 13-maydagi PQ-2175-son qaroriga1-ILOVA
“Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining
ASOSIY TEXNIK-IQTISODIY KOʻRSATKICHLARI
* Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari tender (tanlov) savdolari natijalari boʻyicha aniqlanadi.
** Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar miqdori kredit shartnomasi kuchga kirgan sana, shuningdek, kreditni tanlab olishning amaldagi sanasi va muddatiga bogʻliq boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 13-maydagi PQ-2175-son qaroriga2-ILOVA
“Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirish
REJASI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 13-maydagi PQ-2175-son qaroriga3-ILOVA
“Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi yuzasidan XXR Eksimbanki qarz mablagʻlari boʻyicha asosiy qarzni uzish, foizlar va komissiyalarni toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
*Asosiy qarzni qaytarishning birinchi sanasi kredit shartnomasi kuchga kirgan sanaga bogʻliq.
** Komissiya va foizlar kredit shartnomasining haqiqiy summasi va yetkazish (tanlash) va kuchga kirish sanasiga bogʻliq boʻladi.
*** Kreditni tanlash davri prognoz hisoblanib, kredit shartnomasi kuchga kirish sanasiga bogʻliq boʻladi.
