Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (322-II-son)
07.12.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 26-apreldagi qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 70-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 13-bandining “g” kichik bandidagi “er” degan soʻz chiqarib tashlansin;
2) 21-banddagi “moneliksiz kirishga” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2001-yil 7-dekabr,
322-II-son
