Qishloq xoʻjaligi tarmogʻi uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi maʼlumotiga ega boʻlgan kadrlar tayyorlash tizimini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (222-son)
11.08.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligining mashinasozlik korxonalarini boshqarishni yanada takomillashtirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 15-maydagi PQ-2176-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, qishloq xoʻjaligi tarmogʻi uchun mutaxassislar tayyorlash shart-sharoitlarini va sifatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligining mashinasozlik korxonalarini boshqarishni yanada takomillashtirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 15-maydagi PQ-2176-son qarori bilan Qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanish, taʼmirlash va unga servis xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha mexanik-haydovchilar va mexaniklarni tayyorlash uchun masʼul bazaviy kasb-hunar kollejlari (keyingi oʻrinlarda bazaviy kasb-hunar kollejlari deb ataladi) roʻyxati tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2015 — 2017-yillarda qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanish, taʼmirlash va unga servis xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha mexanik-haydovchilar va mexaniklarni tayyorlash uchun masʼul bazaviy kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash Dasturi tasdiqlansin, Dasturda quyidagilar nazarda tutilgan:
qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanish, taʼmirlash va unga servis xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha mexanik-haydovchilar va mexaniklarni tayyorlash uchun masʼul bazaviy kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, shuningdek iqtisodiyotning qishloq xoʻjaligi tarmoqlari uchun mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan kompleks tadbirlar 1-ilovaga muvofiq;
2015 — 2017-yillarda qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanish, taʼmirlash va unga servis xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha mexanik-haydovchilar va mexaniklarni tayyorlash uchun masʼul bazaviy kasb-hunar kollejlarini zamonaviy oʻquv-ishlab chiqarish asbob-uskunalari va qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan jihozlashning (toʻliq jihozlashning) asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi:
ikki oy muddatda qishloq xoʻjaligi texnikasiga servis xizmati koʻrsatishning zamonaviy metodlari va texnologiyalarini joriy etgan holda bazaviy kasb-hunar kollejlarida kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini qayta koʻrib chiqsin va takomillashtirsin;
uch oy muddatda qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi (ixtisosligidagi) kasb-hunar kollejlarini zamonaviy oʻquv-ishlab chiqarish asbob-uskunalari va qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan jihozlash normativlarini qayta koʻrib chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
2015-yil mobaynida takomillashtirilgan oʻquv rejalari va dasturlarini joriy etgan holda qishloq xoʻjaligi texnikalaridan foydalanish, taʼmirlash va ularga servis xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha mexanik-haydovchilar va mexaniklarni tayyorlash boʻyicha metodik qoʻllanmalar va yoʻriqnomalarni ishlab chiqish va nashr etishni tashkil etsin;
bazaviy kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarida ishlab chiqarish amaliyotlarini belgilangan tartibda oʻtashlarini tashkil etsin, oʻquvchilarning yangi ishlab chiqarish texnologiyalari, sifatli koʻnikmalarni oʻzlashtirish hamda natijalarga erishishlari yuzasidan doimiy monitoring olib borsin.
4. Quyidagilar Dasturni mablagʻ bilan taʼminlashning asosiy manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar mablagʻlari, respublika yuridik va jismoniy shaxslarining xayriya ehsonlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlar bilan Dasturni amalga oshirish doirasida asosiy kasb-hunar kollejlarini jihozlash uchun xorijiy kreditlar va grantlarni jalb etish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirsinlar.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
ikki oy muddatda 3-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha bazaviy kasb-hunar kollejlariga oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni olib borish maqsadida oʻquv-yordamchi xoʻjaligi uchun kamida 20 gektar hosildor sugʻoriladigan yer uchastkasi ajratsinlar;
* 2 va 3-ilovalar rus tilida berilgan.
bazaviy kasb-hunar kollejlari qishloq xoʻjaligi texnikalarini taʼmirlash va ularga servis xizmatlari koʻrsatish oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalarining saqlanishi va uzluksiz faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratsinlar, ularning oʻquv jarayonidan tashqari foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini nazarda tutsinlar:
har yili Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga taʼlim va tibbiyot muassasalarini jihozlash (toʻliq jihozlash) dasturlarini ishlab chiqishda ularning manzilli qismiga asosiy kasb-hunar kollejlari uchun oʻquv-ishlab chiqarish asbob-uskunalari va qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan jihozlash boʻyicha loyihalarni kiritsinlar;
tasdiqlangan har yilgi manzilli dasturlarga muvofiq bazaviy kasb-hunar kollejlarini zamonaviy oʻquv-ishlab chiqarish asbob-uskunalari va qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan jihozlash parametrlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar, har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Dasturning bajarilishi toʻgʻrisida axborot kiritsinlar.
7. Budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasini Boshqarish kengashiga zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazining Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan takliflari boʻyicha Dastur parametrlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 11-avgust,
222-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-avgustdagi 222-son qaroriga 1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanish, taʼmirlash va unga servis xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha mexanik-haydovchilar va mexaniklarni tayyorlash uchun masʼul bazaviy kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, shuningdek iqtisodiyotning qishloq xoʻjaligi tarmoqlari uchun mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan
KOMPLEKS TADBIRLAR
T/r Tadbirlar nomi Bajarish muddati Taqdim etiladigan hujjatning shakli, amalga oshirish mexanizmi Masʼul bajaruvchilar I. Kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash 1. Kelgusi yil uchun bazaviy kasb-hunar kollejlarini zamonaviy oʻquv-ishlab chiqarish asbob-uskunalari va qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan jihozlash (toʻliq jihozlash) manzilli dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. Har yili 1-sentabrgacha Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasini boshqarish kengashining qarori Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2. Bazaviy kasb-hunar kollejlariga oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni olib borish maqsadida oʻquv-yordamchi xoʻjaligi uchun kamida 20 gektar hosildor sugʻoriladigan yer uchastkasi ajratish. 2014-yil, sentyabr Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining tegishli qarorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi 3. Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi kasb-hunar kollejlarini zamonaviy oʻquv-ishlab chiqarish asbob-uskunalari va qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan jihozlash normativlarini qayta koʻrib chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. 2014-yil, oktyabr Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, “Oʻzstandart” agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralarning qoʻshma qarori Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, “Oʻzstandart” agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 4. Mavjud qishloq xoʻjaligi texnikalarini butlovchi qismlar va yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlagan holda ulardan maqsadli va samarali foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. Ikki oy muddatda Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi va Moliya vazirligining qoʻshma qarori Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, Moliya vazirligi 5. Bazaviy qishloq xoʻjaligi kollejlarini oʻquv-ishlab chiqarish asbob-uskunalari va qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan jihozlash uchun xayriya ehsonlari, xalqaro moliyaviy institutlar grantlari va kreditlari mablagʻlarini jalb etishni nazarda tutadigan loyiha takliflarni tayyorlash. 2015 — 2017-yillar Dasturni amalga oshirish uchun homiylar mablagʻlari, xalqaro moliyaviy institutlar grantlari va kreditlari mablagʻlarini jalb etish boʻyicha tadbirlar rejasi Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar II. Taʼlim standartlari hamda oʻquv rejalari va dasturlarini takomillashtirish, darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash 6. Qishloq xoʻjaligi texnikasiga servis xizmati koʻ�satishning zamonaviy metodlari va texnologiyalarini joriy etishni hisobga olgan holda bazaviy kasb-hunar kollejlari uchun maxsus fanlar boʻyicha amaldagi taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlarini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish. 2014-yil, noyabr Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyrugʻi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, “Oʻzagrosanoatmashxolding” xolding kompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 7. Takomillashtirilgan oʻquv rejalari va dasturlarining joriy etilishini hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanish, taʼmirlash va ularga servis xizmatlari koʻrsatish boʻyicha mexanik-haydovchilar va mexaniklarni tayyorlash boʻyicha metodik qoʻllanmalar va yoʻriqnomalarni ishlab chiqish va nashr etish. Har yili, 25-dekabrga qadar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Muvofiqlashtirish kengashining qarori Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, “Oʻzagroservis” AJ 8. Qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejlarining maxsus fanlar oʻqituvchilari va ishlab chiqarish ustalarining qishloq xoʻjaligi texnikasi va zamonaviy oʻquv-ishlab chiqarish asbob-uskunalaridan oʻquv jarayonida foydalanish yuzasidan malakasini oshirish tadbirlari rejasini ishlab chiqish. Jadvalga asosan Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi buyrugʻi Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi Pedagog kadrlari malakasini oshirish instituti, “Isteʼdod” jamgʻarmasi 9. Ommaviy axborot vositalarida va Internet portallari saytlarida, taʼlim muassasalarining rasmiy saytlarida Dasturning amalga oshirilishi keng yoritib borilishini taʼminlash. Har chorakda, jadvalga asosan Dasturning amalga oshirilishini yoritish boʻyicha axborot ishlari rejasi Davlat aloqa qoʻmitasi, OʻzA, MTRK, Matbuot va axborot agentligi, Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi
