Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining 2014-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtirish uchun dizel yoqilgʻisi sotib olishda narxlarning unifikatsiya qilinishi hamda ularning benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliq joriy qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (221-son)
09.08.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining 2014-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtirish uchun dizel yoqilgʻisi sotib olishda narxlarning unifikatsiya qilinishi hamda ularning benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliq joriy qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
2. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashini bekor qilish hisobiga hosil boʻladigan ularning oʻz manbalarini hisobga olgan holda davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtirish uchun sotib olingan bir tonna dizel yoqilgʻisiga 200,0 ming soʻm miqdorida kompensatsiya summasi normativi belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda tasdiqlangan Nizomni amalga oshirish yuzasidan fermer xoʻjaliklari oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish va olib borish chora-tadbirlari kompleksini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 9-avgust,
221-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-avgustdagi 221-son qaroriga ILOVA
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining 2014-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtirish uchun dizel yoqilgʻisi sotib olishda narxlarning unifikatsiya qilinishi hamda ularning benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliq joriy qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga muvofiq qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining 2014-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtirish uchun dizel yoqilgʻisi sotib olishda narxlarning unifikatsiya qilinishi hamda ularning benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliq joriy qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomga muvofiq kompensatsiya summasini aniqlash, ajratish va ulardan foydalanish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
xoʻjaliklar — 2014-yil hosili uchun “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining korxonalari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari;
kompensatsiya summasi — benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliqni hisobga olgan holda chakana narxlar boʻyicha dizel yoqilgʻisi sotib olinganligi munosabati bilan xoʻjaliklarning qoʻshimcha xarajatlari summasi bilan xoʻjaliklar davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinishi natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlar oʻrtasidagi qoplanishi kerak boʻlgan farq.
II. Kompensatsiya summasini aniqlash va ajratish tartibi
4. Kompensatsiya summasi isteʼmol qilinadigan dizel yoqilgʻisining va 2014-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtirish uchun belgilangan tartibda xoʻjaliklarga ajratilgan dizel yoqilgʻisi limitining bir tonnasiga kompensatsiyaning belgilangan normatividan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi.
5. Xoʻjaliklarga toʻlanishi kerak boʻlgan kompensatsiya summasi tuman (shahar) hokimi (komissiya raisi) va tuman (shahar) qishloq va suv xoʻjaligi, statistika, yer resurslari va davlat kadastri, moliya boʻlimi, davlat soliq xizmatining tegishli organi, Fermerlar kengashi, “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining mintaqaviy neft bazalari (keyingi oʻrinlarda neft bazalari deb ataladi) rahbarlaridan iborat tarkibda tuziladigan komissiyaning qarori bilan belgilanadi.
6. Xoʻjaliklar kompensatsiya summasini olish uchun 2014-yil 15-avgustgacha komissiyaga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha kompensatsiya summasini toʻlash toʻgʻrisidagi arizani hamda dizel yoqilgʻisi sotib olishga tuzilgan shartnomalar va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi korxonalari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari nusxalarini taqdim etadilar.
7. Komissiya xoʻjaliklarning arizalariga muvofiq 2014-yil 20-avgustgacha kompensatsiya summasini aniqlaydi va ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha toʻrt nusxada kompensatsiya summasini oluvchilar reyestrini (keyingi oʻrinlarda reyestr deb ataladi) tasdiqlaydi. Reyestrning bir nusxasi komissiyada qoladi.
8. Komissiya tomonidan tasdiqlangan reyestr ikki kun muddatda bir nusxadan:
xoʻjalikning asosiy hisob raqami ochilgan tijorat bankining filialiga;
tuman (shahar) moliya boʻlimiga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga va viloyatlar moliya boshqarmalariga yuboriladi.
9. Tijorat banki filiali reyestr olingan paytdan boshlab ikki bank ish kuni mobaynida xoʻjaliklarga 23410 maxsus hisob raqamini (keyingi oʻrinlarda maxsus hisob raqami deb ataladi) ochadi.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyatlar moliya boshqarmalari reyestr olingan paytdan boshlab ikki ish kuni mobaynida ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha viloyat boʻyicha yigʻma reyestrni shakllantiradi va uni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboradi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi besh ish kuni mobaynida viloyat boʻyicha yigʻma reyestrni koʻrib chiqadi hamda budjetlararo oʻzaro hisob-kitoblar yoʻli bilan kompensatsiya summasini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetiga va viloyatlarning viloyat budjetlariga oʻtkazadi.
12. Kompensatsiya summasi ikki bank ish kuni mobaynida budjetlararo oʻzaro hisob-kitoblar yoʻli bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlarning viloyat budjetlaridan tumanlar (shaharlar) budjetlariga oʻtkaziladi.
13. Tuman (shahar) moliya boʻlimi kompensatsiya summasi tumanlar (shaharlar) budjetlariga oʻtkazilgan paytdan boshlab uch bank ish kuni mobaynida Gʻaznachilikning tuman (shahar) boʻyicha boʻlinmasiga mablagʻlarni xoʻjaliklarning maxsus hisob raqamiga oʻtkazish uchun toʻlov topshiriqlarini va reyestrning nusxasini taqdim etadi.
14. Kompensatsiya summalarini xoʻjaliklarning maxsus hisob raqamlariga oʻtkazishda shartnomalar yoki xarajatlar smetasi taqdim etilishi talab qilinmaydi.
III. Kompensatsiya summalaridan foydalanish va ularning toʻlanishini nazorat qilish
15. Maxsus hisob raqamiga tushgan kompensatsiya summasi xoʻjaliklar tomonidan olinadigan dizel yoqilgʻisiga oldindan haq toʻlash hisobiga qarzdorlik mavjud emasligi sharti bilan dizel yoqilgʻisi uchun qarzdorlikni qaytarish uchun neft bazasi tomonidan ochiladigan 23410 maxsus hisob raqamiga (keyingi oʻrinlarda neft bazasining maxsus hisob raqami deb ataladi) yuboriladi.
16. Neft bazasining maxsus hisob raqamiga tushgan mablagʻlar neft bazasining benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliq va qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha qarzdorligini toʻlashga yuboriladi.
Neft bazasining benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliq va qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlmagan taqdirda mablagʻlar neftni qayta ishlash zavodlari oldidagi kreditorlik qarzlarni toʻlash hisobiga neftni qayta ishlash zavodiga, zavod tomonidan ochiladigan 23410 maxsus hisob raqamiga (keyingi oʻrinlarda neftni qayta ishlash zavodining maxsus hisob raqami deb ataladi) oʻtkaziladi.
17. Neftni qayta ishlash zavodining maxsus hisob raqamiga tushgan mablagʻlar korxonaning soliq toʻlovlarini amalga oshirish uchun budjetga yoʻnaltiriladi.
18. Kompensatsiya summasi belgilanishining toʻgʻriligi uchun javobgarlik komissiyaga yuklanadi.
19. Kompensatsiya summalarini belgilashning toʻgʻriligini va ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilganligini tekshirish yil yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining 2014-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtirish uchun dizel yoqilgʻisi sotib olishda narxlarning unifikatsiya qilinishi hamda ularning benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliq joriy qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining 2014-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtirish uchun dizel yoqilgʻisi sotib olishda narxlarning unifikatsiya qilinishi hamda ularning benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliq joriy qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarini kompensatsiya qilish
SXEMASI
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining 2014-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtirish uchun dizel yoqilgʻisi sotib olishda narxlarning unifikatsiya qilinishi hamda ularning benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliq joriy qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining 2014-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtirish uchun dizel yoqilgʻisi sotib olishda narxlarning unifikatsiya qilinishi hamda ularning benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliq joriy qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
* Mintaqaviy neft bazasi fermer xoʻjaliklari joylashgan joydan qatʼi nazar, reyestrni tasdiqlaydi.
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining 2014-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtirish uchun dizel yoqilgʻisi sotib olishda narxlarning unifikatsiya qilinishi hamda ularning benzin, dizel yoqilgʻisi va transport vositalari uchun gaz isteʼmoliga soliq joriy qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Izoh: aniq tuproq sharoitlariga, shuningdek paxta yetishtirish sxemasi va usullariga qarab dizel yoqilgʻisi sarfining tavsiya qilingan agrotexnika normasi 100 gektar paxta maydoniga 17 tonnadan 21 tonnagachani tashkil etadi. Shunga koʻra ushbu hisob-kitobda paxta yetishtirishning ikkinchi zonasi uchun 18,7 tonna qabul qilingan (oʻrtacha koʻrsatkich).
