Tadbirkorlik subyektlari — faqat yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari roʻyxatiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (129-son)
11.03.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-noyabrdagi 380-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlari — faqat yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari roʻyxatiga quyidagi mazmundagi 8-band qoʻshilsin:
“8. Umumiy ovqatlanish sohasida xizmatlar koʻrsatish (uy sharoitlarida yoki joylardagi davlat hokimiyati organlari qarori bilan maxsus ajratilgan joylarda oʻtirish oʻrinlari tashkil etmasdan donali taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va sotish boʻyicha xizmatlar bundan mustasno)”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 11-mart,
129-son
