Oʻzbekiston Respublikasi adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (114-son)
28.02.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Notariat faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlashni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 7-yanvardagi 4-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-noyabrdagi 523-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 11-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomning 2-bandida:
uchinchi xatboshidan “notariat” soʻzi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“notarial ishlarni amalga oshirganlik uchun davlat notariuslari tomonidan undiriladigan davlat bojining 15 foizi miqdoridagi mablagʻlar;
notarial ishlarni amalga oshirganlik va shartnoma asosida koʻrsatiladigan boshqa xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovdan xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning ajratmalari”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 28-fevral,
114-son
