Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda tranzit olib oʻtiladigan xavfli yuklar roʻyxatining 6-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (2429-1-son)
24.07.2014
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 24-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2429-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-fevraldagi 62-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 7-fevraldagi 2 va 01-02/12-14 - sonli qarori (roʻyxat raqami 2429, 2013-yil 20-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 8-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda tranzit olib oʻtiladigan xavfli yuklar roʻyxatining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 11-iyul,
20-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2014-yil 11-iyul,
01-02/12-14-son
