Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (104-son)
26.02.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunni amalga oshirish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri va Mudofaa vazirining taklifi qabul qilinsin hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan fuqarolar tomonidan Maxsus hisob raqamiga toʻlanadigan pul badali summasi 2003-yilda eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida belgilansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 26-fevral,
104-son
