Paxta xomashyosi yetishtirishda bozor prinsiplarini amalga oshirish va uni yetishtirishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (93-son)
19.02.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Paxta yetishtirish va xarid qilish amaliyotiga bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, paxta yetishtiruvchi shirkatlar va fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, 2003-yil mavsumidan boshlab, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan tayyorlov tashkilotlari oʻrtasida tuziladigan kontraktatsiya shartnomalari paxta xomashyosi yetishtirish va xarid qilish hajmini belgilashning negizi hisoblanadi.
Joriy yilga paxta yetishtirishning prognoz hajmlari umuman respublika va mintaqalar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini umumlashtirish asosidagi takliflariga muvofiq belgilanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, boshqa manfaatdor idoralar va tuzilmalar bilan birgalikda bir oy muddatda yangi nizomni ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar, unda paxta yetishtirishning prognoz hajmlarini, paxta xomashyosiga xarid narxlarini va paxta tolasiga ulgurji narxlarni, paxta yetishtirishni koʻpaytirish yuzasidan shirkatlar va fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirishning amaliy mexanizmi joriy etilishini taʼminlaydigan paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarni mablagʻ bilan taʼminlash tizimini belgilash mexanizmi belgilansin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir hafta muddatda kontraktatsiya shartnomalari tuzish yakunlarini umumlashtirsinlar va Vazirlar Mahkamasiga 2003-yilda paxta xomashyosi yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar. Bunda aniq mintaqalarning yer-suv resurslari holati hisobga olingan holda chigitning rayonlashtirilgan va istiqbolli navlarini oqilona joylashtirish nazarda tutilsin.
5. 2003-yilda:
davlat ehtiyojlari uchun paxta tolasi xarid qilish hajmi paxta tolasini amalda ishlab chiqarish hajmining 50 foizi darajasida;
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 31-oktabrdagi 421-son, 2001-yil 2-maydagi 201-son va 2001-yil 26-noyabrdagi 461-son qarorlariga muvofiq Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida loyihalar amalga oshirilayotgan tumanlar va qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun paxta tolasi xarid qilishning belgilangan tartibi va prinsiplari;
paxta xomashyosi uchun uning sifat koʻrsatkichlari hisobga olingan holda hisob-kitob qilish tartibi va seleksiya navlari uchun xarid narxlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 26-dekabrdagi 501-son qarori bilan tasdiqlangan tuzatish koeffitsiyentlari saqlab qolinsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2003-yil hosiliga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta narxini shakllantirish mexanizmi toʻgʻrisida” 2002-yil 20-avgustdagi PF-3114-son Farmoniga qatʼiy muvofiq belgilanadigan paxta xomashyosiga xarid narxlarini hisobga olgan holda avans bersin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 19-fevral,
93-son
