Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (200-son)
21.07.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston xalqining umummilliy boyligi boʻlmish moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, noyob moddiy madaniy meros obyektlarini har tomonlama oʻrganish, ommalashtirish va targʻib qilish uchun shart-sharoitlar yaratish, Oʻzbekistonning turizm salohiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 7-ilovaga muvofiq Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlarining amalga oshirilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
9. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 21-iyul,
200-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 200-son qaroriga 7-ILOVA
Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va foydalanish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan qoʻshimcha
CHORA-TADBIRLAR
№ Tadbir nomi Bajarilish muddati Moliyalashtirish manbalari Bajarish uchun masʼullar 1 Barcha balans egalaridagi moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini xatlovdan oʻtkazish. 2014-2015-yillar Balans egalari mablagʻlari Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2 Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini belgilangan tartibda Madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritish boʻyicha zarur choralar koʻrish. 2015 — 2018-yillar Balans egalari mablagʻlari, budjet mablagʻlari Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 3 Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining 15 ta mintaqaviy davlat inspeksiyalari negizida 5 ta mintaqalararo va 2 ta mintaqaviy davlat inspeksiyalarini tuzish. 2014-yil III chorak ---- Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 4 Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzurida Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlari va madaniy boyliklarni tadqiq qilish, restavratsiya qilish, ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek restavratsiya-tiklash ishlarini bajarishda yangi zamonaviy materiallarni ishlab chiqish boʻyicha laboratoriya tashkil etish toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2015-yil II chorak ---- Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 5 Oʻzbekiston Respublikasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ekspertizadan oʻtkazish hamda Madaniy meros obyektlarida restavratsiya-tiklash ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. 2015-yil I chorak ---- Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 6 Mahobatli yodgorliklar ekspertizasi boʻyicha Badiiy kengashning hamda Muhofaza qilish va restavratsiya boʻyicha Ilmiy-uslubiy kengashning yangilangan tarkibini va ular toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash. 2014-yil IV chorak ---- Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 7 “Madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, saqlash va ulardan foydalanish” yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlash oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, ularni muntazam ravishda yangilab borish. 2014-2015 oʻquv yili boshlangunga qadar ---- Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 8 2015-2016 oʻquv yilidan boshlab Bosh boshqarma buyurtmasiga muvofiq tegishli oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida “Madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, saqlash va ulardan foydalanish” yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlashni tashkil etish. 2015-2016 oʻquv yilidan boshlab ---- Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar 9 Koʻrgazma faoliyati bilan shugʻullanuvchi davlat muzey tashkilotlarida Bilet xoʻjaligini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. 2014-yil IV chorak ---- Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 200-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 29-iyuldagi 269-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 45-modda) 1-bandi va 2-bandining ikkinchi xatboshisi, shuningdek qarorga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
