Samarqand shahar hududida qatnaydigan yoʻlovchi tashish transporti xizmatlarining tarifi toʻgʻrisida (122-q-son)
23.06.2014
Samarqand viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-sentyabrdagi 455-sonli “Shahar va shahar atrofida qatnaydigan yoʻlovchi tashish transporti xizmatlarining tariflari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2014-yil 16-iyundagi MA/15-04-19-12/74-803-sonli xatiga asosan hamda yoqilgʻi energetika resurslarining narxi oshganligini inobatga olib qaror qilaman:
1. 2014-yil 25-iyundan boshlab Samarqand shahrida avtobus yoʻlovchi tashish transporti xizmatlarining cheklangan tarifi bir marta yurish uchun 700 (yetti yuz) soʻm miqdorida belgilansin.
2. Viloyat hokimligi Moliya boshqarmasi (Karimov), Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi viloyat hududiy boshqarmasi (Xolmatov), Davlat soliq boshqarmasi (Shakirov)ga yuqorida oʻrnatilgan tariflarning toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatish topshirilsin.
3. Viloyat teleradiokompaniyasi (Toʻrayev), “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalarining birlashgan tahririyati (Toshev), “Ovozi Samarqand” (Xidirov)larga viloyatda yoʻlovchi tashuvchi transport vositalarining faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda aholiga yaratilayotgan qulayliklarni keng ravishda yoritib borish tavsiya etilsin.
4. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan viloyat hokimining 2012-yil 18-apreldagi 75-Q sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari O. Ochilov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Z. MIRZAYEV
Samarqand sh.,
2014-yil 23-iyun,
122-q-son
