Sanoat mulkini muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida
28.05.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Gruziya Hukumati oʻrtasida
Bitim
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Gruziya Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataladilar,
ikkala davlat oʻrtasidagi tarixan tarkib topgan doʻstona munosabatlarni eʼtiborga olib,
savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish istagida,
sanoat mulkini samarali va monand muhofaza qilish bunday hamkorlikni rivojlantirishning zaruriy sharti ekanligini eʼtirof etib,
sanoat mulki mualliflari va egalarining huquqlarini muhofaza qilish uchun oʻzaro kulay shart-sharoit yaratish zarurligini anglagan holda,
quyidagilar haqida kelishib oldilar:
1-modda
Tomonlar ixtirolar, sanoat namunalari, mahsulot belgilari va boshqa sanoat mulki obyektlariga boʻlgan huquqlarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish sohasidagi hamkorlikni ushbu Bitimga va boshqa oʻzlari ishtirokchi boʻlgan yoki boʻladigan xalqaro shartnomalarga muvofiq oʻzaro manfaatdorlik hamda tenglik asosida amalga oshiradilar va rivojlantiradilar.
2-modda
Tomonlarning hamkorligi:
sanoat mulki obyektlariga boʻlgan huquqlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq masalalarni tartibga solishga;
sanoat mulkini muhofaza qilish sohasidagi milliy huquqiy hujjatlarni muvofiqlashtirishga;
Oʻzbekiston Respublikasi talabnoma beruvchilari uchun Gruziyada va Gruziya talabnoma beruvchilari uchun Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza hujjatlari berish soʻralgan talabnomalarni topshirish va ularni koʻrib chiqish tartibini oʻzaro soddalashtirishga;
sanoat mulkini muhofaza qilish sohasida axborot, normativ za boshqa hujjatlar, shuningdek tajriba za mutaxassislar almashishga yoʻnaltiriladi.
3-modda
Sanoat mulkini muhofaza qilish sohasida bir davlatning jismoniy va yuridik shaxslari ikkinchi davlat hududida shu ikkinchi davlatning huquqiy hujjatlari bilan uning oʻz jismoniy va yuridik shaxslari uchun hozirgi vaqtda berilgan yoki keyinchalik beriladigan huquq va imtiyozlardan, shuningdek oʻz jismoniy va yuridik shaxslari bilan bir xil asoslar hamda hajmlarda huquqiy muhofaza vositalaridan foydalanadilar.
Bunda ushbu Bitim bilan tartibga solinmagan masalalar boʻyicha Tomonlar 1967-yil 14-iyulda Stokgolmda qayta koʻrib chiqilgan Sanoat mulkini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Parij Konvensiyasi qoidalarini qoʻllaydilar.
4-modda
Tomonlarning har bir sanoat mulki obyektlari uchun ilgari berilgan muhofaza hujjatlarining amal qilishi har bir davlat hududida muhofaza qilinayotgan obyektning ushbu obyekt uchun talabnoma berilgan vaqtda amal qilayotgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muhofazaga layoqatlilik shartlariga nomuvofiqligi vajidan toʻxtatilishi mumkin boʻlgan qoidalarni davlatlardan har birining tegishli huquqiy hujjatlariga kiritish maqsadida zarur choralarni koʻradi.
5-modda
Oʻzbekiston Respublikasi yoki Gruziyaning har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsi litsenziya shartnomasi tuzmasdan ixtiro yoki sanoat namunasidan foydalanish huquqini, basharti ushbu ixtiro yoki sanoat namunasidan foydalanish boshqa shaxslar tomonidan afzal SSSR mualliflik guvohnomasi eki SSSR guvohnomasi berish uchun talabnoma ilgari berilgan ixtiro yoki sanoat namunasiga milliy patent berish soʻralgan iltimosnoma topshirilgan sanadan oldin qonuniy ravishda boshlangan boʻlsa, saqlab qoladi.
Bunda mukofot pulini toʻlash koʻrsatilgan ixtiro yoki sanoat namunasi qaysi davlat hududida foydalanilayotgan boʻlsa oʻsha davlatning huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6-modda
Tomonlar Tomonlarning vakolatli organlari buyurtmasiga koʻra olinadigan materiallar, talabnomalarning maxfiyligini taʼminlaydilar, patentlar berish soʻralgan talabnomalar boʻyicha texnika darajasini aniqlash uchun axborot qidiruvini oʻtkazadilar yoxud ekspertiza oʻtkazadilar va ushbu talabnomalar boʻyicha patentlar berish mumkinligi haqida xulosalar tayyorlaydilar.
Koʻrsatib oʻtilgan ishlar Tomonlarning tegishli xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlagan holda shartnoma asosida amalga oshiriladi.
7-modda
Tomonlar iqtisodiy, sanoat, fan va texnika sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi ikki tomonlama bitimlarga sanoat mulki obyektlarining muhofaza qilinishini taʼminlashga doir qoidalarni kiritish majburiyatini zimmalariga oladilar.
8- modda
Muhofaza hujjatlarini berish soʻralgan talabnomalarni topshirish, muhofaza hujjatlarini qabul qilib olish va ularni oʻz kuchida saqlab turishda ikkala davlatning patent vakillari oʻzaro hamjihatliklik prinsipi asosida bevosita shu davlatlarning patent idoralari bilan ish olib borishlari mumkin boʻlib, bunda faqat milliy talabnoma beruvchilarning manfaatlarini ifodalaydilar. Bir davlatning milliy talabnoma beruvchilariga, shuningdek uning huquqiy hujjatlari bilan belgilangan tartibda oʻzaro xamjihatlilik prinsipi asosida muhofaza hujjatlarini olish va ularni oʻz kuchida saqlab turish borasida bevosita boshqa davlatning patent idorasi bilan ish olib borish huquqi beriladi.
9- modda
Talabnomalar topshirganlik, muhofaza hujjatlari berganlik, ularni oʻz kuchida saqlab turganlik va sanoat mulkini muhofaza qilish bilan bogʻliq boshqa yuridik jihatdan ahamiyatli ishlarni bajarganlik uchun bojlarni toʻlash, shuningdek qidiruv oʻtkazganlik va boshqa xizmatlar koʻrsatganlik uchun toʻlovlar qilish milliy talabnoma beruvchilar bojlarni toʻlashi va toʻlovlar qilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi va Gruziyaning huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan valyutada hamda miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasi va Gruziyaning vakolatli organlari tomonidan kelishilgan kurs boʻyicha amalga oshiriladi.
10-modda
Tomonlarning ushbu Bitimni amalga. oshirish davomida bir-birlariga yoʻllaydigan barcha hujjatlari rus tilida taqdim etiladi.
11-modda
Quyidagi patent idoralari ushbu Bitimki amalga oshirish uchun vakolatli organlar hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasida — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi;
Gruziyada — Gruziya “Sakpatenti” patent idorasi.
Patent idoralarining hamkorlik qilish tartibi va shartlari ular oʻrtasidagi maxsus bitimlar bilan aniqlanadi.
12-modda
Ushbu Bitimdan kelib chiqadigan yoki uning bajarilishi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda Tomonlarning vakillari tegishlicha maslahatlashuvlar oʻtkazadilar va bunday kelishmovchiliklarni bartaraf etishga erishish uchun kuch-gʻayrat sarflaydilar.
13-modda
Ushbu Bitim Tomonlarning boshqa davlatlar bilan sanoat mulkini muhofaza qilish sohasida ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikda ishtirok etishiga toʻsqinlik qilmaydi.
14-modda
Ushbu Bitim imzolangan kunidan boshlab kuchga kiradi va besh yil mobaynida amal qiladi hamda, basharti Tomonlardan biri uning navbatdagi amal qilish davri tugashiga kamida olti oy qolganda Bitimning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida ikkinchi Tomonni yozma ravishda xabardor qilmasa, yana keyingi besh yillik davrlarga oʻz-oʻzidan uzaytirilaveradi.
Ushbu Bitim amalda boʻlishining toʻxtatilishi ikkala davlat jismoniy va yuridik shaxslariga ushbu Bitimning amalda boʻlishi toʻxtatilgungacha berilgan yoki berilishi mumkin boʻlgan muhofaza hujjatlarining amal qilishiga taʼsir etmaydi.
1996-yil 28-mayda Tbilisi shahrida ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, gruzin za rus tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)
