6-modda. Muqobil xizmat xizmatchilarini oʻqitish
Muqobil xizmat toʻgʻrisida (646-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
Muqobil xizmat xizmatchilari ishchi ixtisosini oʻrganishi uchun xalq taʼlimi tizimi, tarmoq vazirliklari va idoralari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning oʻquv yurtlariga yuborilishi mumkin.
Muqobil xizmat xizmatchilari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan dasturlar asosida harbiy tayyorgarlik yigʻinlariga (mashgʻulotlariga) chaqiriladilar, shu yigʻinlar (mashgʻulotlar) vaqtida harbiy hisobdagi ixtisosni egallaydilar.
Muqobil xizmat xizmatchilari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda harbiy qasamyod qiladilar.
Muqobil xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxirasi hisobiga kiritiladilar.
