3-modda. Muqobil xizmatni oʻtash huquqi
Muqobil xizmat toʻgʻrisida (646-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlgan, harbiy hisobda turadigan, muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi lozim boʻlgan fuqarolari, basharti ular:
xizmatga chaqirilayotgan shaxsdan tashqari 16 yoshga toʻlmagan toʻrt va undan ortiq bolali oiladan boʻlsalar;
harbiy xizmatni oʻtash davrida nogiron boʻlib qolgan ota-onasi yoki aka-uka (opa-singil)lari boʻlsa;
diniy taʼlimoti qurol ishlatishga va Qurolli Kuchlarda xizmat qilishga yoʻl qoʻymaydigan roʻyxatdan oʻtgan diniy tashkilotlarning aʼzosi boʻlsalar, muqobil xizmatni oʻtash huquqiga ega boʻladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muqobil xizmatni oʻtash huquqiga ega boʻlgan fuqarolarning oʻzga toifalarini ham belgilashi mumkin.
Muqobil xizmatni oʻtayotgan shaxslar muqobil xizmat xizmatchilari deb ataladilar.
