Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (7-son)
05.01.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan Iqtisodiy va moliyaviy siyosat boʻyicha memorandum doirasida erishilgan kelishuvlarni roʻyobga chiqarish hamda valyuta bozorining samarali faoliyat koʻrsatishi va kengaytirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda oʻz idoraviy meʼyoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 5-yanvar,
7-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 7-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
ROʻYXATI
2. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda):
3-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
3. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 10-iyuldagi 294-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 38-modda):
1-ilova 13-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
2-ilova 28-bandining ikkinchi xatboshi va 32-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
