Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (17-son)
14.01.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-oktabrdagi PF-3151-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 23-oktabrdagi 368-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 14-yanvar,
17-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-yanvardagi 17-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
25. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 5-iyuldagi 257-son qaroriga 1-ilovadagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” va “Innovatsiya” soʻzlari tegishli ravishda “Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi” va “Oʻzinterimpeks” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-yanvardagi 17-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 26-martdagi 147-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining respublika eksport imkoniyatlarini rivojlantirish Bosh boshqarmasini tashkil qilish va uning faoliyati toʻgʻrisida” 1994-yil 5-martdagi 117-son qarori.
