Zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor, past rentabelli tashkilotlarning foydalanilmayotgan va ortiqcha ishlab chiqarish maydonlarini yanada optimizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (192-son)
15.07.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor, past rentabelli tashkilotlarning foydalanilmayotgan maydonlarini, ortiqcha ishlab chiqarish bino va inshootlarini (keyingi oʻrinlarda — ishlab chiqarish maydonlari), ijtimoiy va infratuzilma obyektlarini tubdan qisqartirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor, past rentabelli korxonalarning ishlab chiqarish maydonlari va infratuzilma obyektlarini qisqartirish boʻyicha Ishchi komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ortiqcha ishlab chiqarish maydonlari negizida istiqbolli ishlab chiqarishni tashkil etish sharti bilan oʻrnatilgan tartibda sotish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
davlat unitar korxonalarning roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
tegishli boshqaruv organlari qaroriga asosan ustav fondida davlat ulushi mavjud korxonalarning roʻyxati 2-ilovaga muvofiq.
Belgilansinki, koʻrsatilgan tashkilotlarning qisqartirilayotgan maydonlaridagi maʼnan va jismonan eskirgan asbob-uskunalari utilizatsiya qilinib, utilizatsiya natijasida hosil boʻladigan metall chiqindilari — qora va rangli metall chiqindilari sifatida mos ravishda “Oʻzmetkombinat” OAJ va “Oʻzbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi”AJga shartnomaviy narxlarda oʻrnatilgan tartibda topshiriladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda mazkur qarorning 1- va 2-ilovalariga kiritilgan korxona va tashkilotlarning ortiqcha ishlab chiqarish maydonlarini baholash va ommaviy savdolarga chiqarish grafigini tasdiqlasin.
3. Belgilansinki, quyidagi obyektlar boʻyicha istisno tariqasida, ortiqcha ishlab chiqarish maydonlarini sotishdan tushgan mablagʻlar korxona va tashkilotlarga xizmat koʻrsatuvchi bankidagi maxsus hisob raqamida shakllantiriladi hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga, ish haqi, davlat budjeti, bank kreditlari va kommunal toʻlovlardan qarzdorlikni qoplashga yoʻnaltiriladi:
qonunchilikka asosan Davlat raqobat qoʻmitasi ixtiyorida qoladigan mablagʻlardan tashqari mazkur qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan davlat unitar korxonalari;
mazkur qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan korxonalar.
4. Quyidagilar:
joylardagi mahalliy davlat hokimiyat organlariga operativ boshqaruvga yoki tegishli korxonalarning ustav fondlariga beriladigan obyektlar, shu jumladan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma obyektlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
realizatsiya qilinadigan ijtimoiy infratuzilma obyektlari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
yer zaxirasiga va operativ boshqaruvga, shu jumladan keyinchalik kichik sanoat zonalari tashkil etish uchun mos ravishda joylardagi davlat hokimiyati organlariga beriladigan foydalanilmayotgan hududlar va ortiqcha ishlab chiqarish maydonlari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Mazkur qarorning 3-ilovasida koʻrsatilgan obyektlarni, shu jumladan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarni balansda saqlovchilar zimmasiga ushbu obyektlarni topshirish, joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari bir oy muddatda ushbu obyektlarni qayta tiklash choralarini koʻrish va kelgusida samarali foydalanilishini taʼminlash uchun qabul qilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorning 3-ilovasida koʻrsatilgan obyektlarni topshirish qiymati qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻini hisoblashda soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
bir oy muddatda mazkur qarorning 5-ilovasida koʻrsatilgan foydalanilmayotgan hududlar va ortiqcha ishlab chiqarish maydonlarining qabul qilib olinishini, shuningdek ular negizida kichik sanoat zonalari tashkil etilishini taʼminlasin;
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish va Davergeodezkadastr bilan birgalikda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda mazkur qarorning 5-ilovasida koʻrsatilgan yer uchastkalaridagi (oʻrtacha 0,2-0,3 ga boʻlingan) kichik sanoat zonalarining loyiha-rejalashtirish hujjatlarini shaharsozlik, sanitariya, yongʻin xavfsizligi, atrof-muhitni muhofaza qilish talablari asosida ishlab chiqarish maydonlaridan tashqarida zarur tashqi muxandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va infratuzilmani tashkil etilishini inobatga olgan holda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
uch oy muddatda tasdiqlangan kichik sanoat zonalarining loyiha-rejalashtirish hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga oʻrtacha 0,2-0,3 ga boʻlgan yer uchastkalarini taqdim etish boʻyicha tanlovlar oʻtkazilishini, shuningdek kichik sanoat zonalari hududida joylashgan ishlab chiqarish maydonlarini imtiyozli shartlar asosida ijaraga berilishini tashkil etsin;
belgilangan tartibda yangi tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalarining tashqi infratuzilma obyektlari boʻyicha loyiha va qurilish-montaj ishlarini oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirilishini taʼminlansin.
7. Belgilansinki, kichik sanoat zonalarida joylashgan davlatga tegishli ishlab chiqarish maydonlari tadbirkorlik subyektlariga investitsiya majburiyatlarini qabul qilish va yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 10 yilgacha boʻlgan muddatga ijaraga beriladi, bunda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ilgari tuzilgan ijara shartnomalari boʻyicha majburiyatlar toʻliq va oʻz vaqtida bajarilganda, ijara muddati uzaytiriladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish, Davergeodezkadastr, tegishli vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruv organlari bilan birgalikda mazkur qarorning bajarilishini qatʼiy monitoring qilishni taʼminlasin hamda 2014-yil 15-dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.
9. Vazirlar Mahkamasining komplekslari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi, Davarxitektqurilish va Davergeodezkadastr tegishli vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruv organlari bilan birgalikda 2014-yil 1-dekabrga qadar davlat unitar va ustav fondida davlat ulushi mavjud korxonalarning foydalanilmayotgan hududlari, ortiqcha ishlab chiqarish maydonlari va infratuzilma obyektlarini, shuningdek xoʻjalik subyektlariga begʻaraz foydalanishga berilgan davlat ijtimoiy infratuzilma obyektlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Xatlov natijalariga koʻra, 2014-yil 15-dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga obyektlardan kelgusida samarali foydalanish boʻyicha takliflar kiritsin.
10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida turli teledasturlarni tashkil etish, davriy reklama roliklarini koʻrsatish orqali mazkur qarorning mazmun mohiyatini yoritish va tushuntirish ishlarini tashkil etsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga bir oy muddatda mazkur qarordan kelib chiqqan holda qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 15-iyul,
192-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 192-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat unitar korxonalarining istiqbolli ishlab chiqarishni tashkil etish sharti bilan sotiladigan ortiqcha ishlab chiqarish maydonlari
ROʻYXATI
Izoh:
* Davlat arxitektura-qurilish nazorati va “Sanoatgeokontexnazorat”davlat inspeksiyasi organlarining obyektlar kelgusida foydalanishga yaroqsiz (iqtisodiy samarasiz ) toʻgʻrisidagi xulosasiga hamda Davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha hududiy komissiyalar takliflariga asosan koʻchmas mulk obyektlari sotib oluvchi investorlar tomonidan ushbu obyektlarni buzish va qurilish materiallarini olib chiqib ketish sharti bilan utilizatsiya qiymatida sotiladi.
** Davergeodezkadastr tomonidan aniqlik kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 192-son qaroriga 2-ILOVA
Ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan korxonalarning tegishli boshqaruv organlari qarorlariga asosan istiqbolli ishlab chiqarishni tashkil etish sharti bilan sotiladigan ortiqcha ishlab chiqarish maydonlari
ROʻYXATI
Izoh:
* “Toshkent qishloq xoʻjalik texnikasi zavodi” OAJ tashkil etilgandan soʻng, ortiqcha ishlab chiqarish maydonlari “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq sotiladi.
** “Chirchiq qishloq xoʻjalik texnikasi zavodi” OAJ tashkil etilgandan soʻng, ortiqcha ishlab chiqarish maydonlari “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq sotiladi.
*** Davergeodezkadastr tomonidan aniqlik kiritiladi.
**** Ortiqcha ishlab chiqarish maydonlari Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-apreldagi 277-f-son farmoyishiga aososan tuzilgan ishchi guruhning takliflariga muvofiq sotiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 192-son qaroriga 3-ILOVA
Mahalliy davlat hokimiyatiga operativ boshqaruvga yoki korxonalarning ustav fondiga oʻtkaziladigan obyektlar, shu jumladan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma obyektlari
ROʻYXATI
Izoh:
* Davergeodezkadastr tomonidan aniqlik kiritiladi.
** Obyekt Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-apreldagi 277-f-son farmoyishiga asosan tuzilgan ishchi guruhning takliflariga muvofiq beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 192-son qaroriga 4-ILOVA
Sotiladigan ijtimoiy infratuzilma obyektlari
ROʻYXATI
Izoh:
* Obyektlar mahalliy davlat hokimiyat organlariga oʻtkazilgandan soʻng sotiladi.
** Davergeodezkadastr tomonidan aniqlik kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 192-son qaroriga 5-ILOVA
Joylardagi mahalliy davlat hokimiyat organlariga mos ravishda yer zaxiralariga va operativ boshqaruvga, shu jumladan keyinchalik sanoat parklarini tashkil etish uchun oʻtkaziladigan foydalanilmayotgan hududlar va ortiqcha ishlab chiqarish maydonlari
ROʻYXATI
Izoh:
* Davergeodezkadastr tomonidan aniqlik kiritiladi.
** Yer uchastkalari Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-apreldagi 277-f-son farmoyishiga asosan tuzilgan ishchi guruhning takliflariga muvofiq oʻtkaziladi.
*** maʼnan va jismonan eskirgan asbob-uskunalari utilizatsiya qilinib, utilizatsiya natijasida hosil boʻladigan metall chiqindilari — qora va rangli metall chiqindilari sifatida mos ravishda “Oʻzmetkombinat” OAJ va “Toshkent rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi”AJga shartnomaviy narxlarda oʻrnatilgan tartibda topshiriladi.
