Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida (186-son)
10.07.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq tartibotlarni soddalashtirish va kadastr xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan kiritilgan koʻchmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, ilovada qayd etilgan koʻchmas mulk obyektlariga kadastr ishini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish davlat xizmatlari qiymatidan 10 foizi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 10-iyul,
186-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga ILOVA
Koʻchmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash
TARTIBI
T/rDavlat xizmatlarining nomiIshlar narxiI. Koʻchmas mulk obyektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga hamda koʻp kvartirali uydagi umumiy mulkka kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish1.Umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulkBazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari2.Umumiy maydoni 100 kvadrat metrdan 1 000 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulkObyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi3.Umumiy maydoni 1 000 kvadrat metrdan 5 000 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulkBazaviy hisoblash miqdorining 17,25 baravari4.Umumiy maydoni 5 000 kvadrat metrdan 15 000 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulkBazaviy hisoblash miqdorining 34,5 baravari5.Umumiy maydoni 15 000 kvadrat metrdan 50 000 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulkBazaviy hisoblash miqdorining 57,5 baravari6.Umumiy maydoni 50 000 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan koʻchmas mulkBazaviy hisoblash miqdorining 80,5 baravari7.Mulkdor oʻzgarmagan holda koʻchmas mulkni boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilashBazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari8.Mulkdor oʻzgarmagan holda koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilashBazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari9.Koʻp kvartirali uydagi umumiy mulkka kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishBazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravariII. Koʻchmas mulk obyektlarining turar joy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish1.Koʻp kvartirali uydagi kvartiraObyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi2.Yakka tartibdagi turar joyObyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foiziIII. Yer uchastkalariga va koʻp yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish1.Yer uchastkasini ajratish boʻyicha ish mavjud boʻlganda, yakka tartibda turar joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasiBepul2.Yer uchastkasini ajratish boʻyicha ish mavjud boʻlmaganda, yakka tartibda turar joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasiBazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari3.Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasiBazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari4.Noturar joy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasiBazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari5.Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasiBazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari6.Koʻp yillik dov-daraxtlarBazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari va har 1 gektar dov-daraxtlar bilan egallangan yer uchastkasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 foiziIV. Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlar va ular boʻyicha tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish1.Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha boʻlgan turar joy koʻchmas mulk obyektlari va davlat reyestridan koʻchirmalarBazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari2.Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kvadrat metrdan 300 kvadrat metrgacha boʻlgan turar joy koʻchmas mulk obyektlari va davlat reyestridan koʻchirmalarBazaviy hisoblash miqdorining 2,0 baravari3.Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 300 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan turar joy koʻchmas mulk obyektlari va davlat reyestridan koʻchirmalarBazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari4.Yuridik shaxslarning turar joy koʻchmas mulk obyektlari va davlat reyestridan koʻchirmalarBazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari5.Jismoniy shaxslarning noturar joy koʻchmas mulk obyektlari va davlat reyestridan koʻchirmalarBazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari6.Yuridik shaxslarning noturar joy koʻchmas mulk obyektlari va davlat reyestridan koʻchirmalarBazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari7.Jismoniy shaxslarning yakka tartibda turar joy qurish uchun berilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat reyestridan koʻchirmalarBazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari8.Jismoniy shaxslarning noturar joy obyektlari uchun berilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat reyestridan koʻchirmalarBazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari9.Yuridik shaxslarga berilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat reyestridan koʻchirmalarBazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari10.Jismoniy shaxslarning (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xoʻjaligi bundan mustasno) qishloq xoʻjaligi uchun berilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat reyestridan koʻchirmalarBazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari11.Yuridik shaxslarga (yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xoʻjaligi bundan mustasno) qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat reyestridan koʻchirmalarBazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari12.Koʻp kvartirali uydagi umumiy mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat reyestridan koʻchirmalarBazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari13.Ipotekani, shuningdek, ijara huquqini (yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi bundan mustasno), yer uchastkasi boʻyicha servitutni, bepul foydalanish huquqini, koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda garov xatini rasmiylashtirishBazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari (garov xati elektron shaklda rasmiylashtirilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 0,625 baravari)14.Mulkida turar joy borligi (yoʻqligi) haqida maʼlumotnoma berishBazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi(har bir fuqaro uchun)15.Koʻchmas mulkka oid kadastr maʼlumotlarini taqdim etishBazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi(davlat organlari uchun bepul)16.Shahodatnomaga ega boʻlgan kadastr muhandisi tomonidan tayyorlangan kadastr yigʻmajildiga asosan koʻchmas mulkni hisobga olish va kadastr pasportini berisha) obyekt 100 kvadrat metrgacha boʻlganda bazaviy hisoblash miqdorining 0,2 baravari, bunda koʻchmas mulk obyektining kadastr qiymatini hisoblash talab etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari;b) obyekt 100 kvadrat metrdan 250 kvadrat metrgacha boʻlganda bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari, bunda koʻchmas mulk obyektining kadastr qiymatini hisoblash talab etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 0,7 baravari;v) obyekt 250 kvadrat metrdan 500 kvadrat metrgacha boʻlganda bazaviy hisoblash miqdorining 0,7 baravari, bunda koʻchmas mulk obyektining kadastr qiymatini hisoblash talab etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari;g) obyekt 500 kvadrat metrdan yuqori boʻlganda bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari, bunda koʻchmas mulk obyektining kadastr qiymatini hisoblash talab etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 2,0 baravari17.Jismoniy shaxslarning koʻp yillik dov-daraxtlari davlat reyestridan koʻchirmalarBazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari18.Yuridik shaxslarning koʻp yillik dov-daraxtlari davlat reyestridan koʻchirmalarBazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari19.Koʻchmas mulk tarixi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berishBazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi(davlat organlari uchun bepul)20.Davlat reyestridan yangilangan elektron koʻchirmani yuklab olishBazaviy hisoblash miqdorining 2 foiziV. Koʻchmas mulk obyektlariga manzillar berish, ularni oʻzgartirish va mavjudligini bekor qilish1.Koʻchmas mulk obyektlariga manzillar berish, ularni oʻzgartirishBazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravariVI. Koʻchmas mulkni boʻlish, birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash1.Koʻchmas mulkni boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilashBazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari2.Koʻchmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilashBazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari
Izohlar:
1. Umumiy maydonni aniqlashda barcha imoratlar va inshootlarning umumiy maydoni hisobga olinadi. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 243-moddasiga binoan kadastr pasportini tayyorlash xizmatlari narxidan qoʻshilgan qiymat soligʻi olinmaydi.
2. Quyidagi hollarda davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun yigʻimlar undirilmaydi:
a) kadastr pasportini rasmiylashtirishda:
koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi kadastr yigʻmajildi (pasporti) mavjud boʻlib, begonalashtirilganda yoki obyektda oʻzgarishlar (rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish) mavjud boʻlmaganda;
koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;
rekonstruksiyasiz toifasi oʻzgarganda (yangidan kadastr pasportini shakllantirish, kadastr baholash ishlari bajarilishi talab etilganda belgilangan summaning 50 foizi undiriladi);
kadastr yigʻmajildi (pasporti) yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda va koʻchmas mulk obyekti koʻrsatkichlari oʻzgartirilmasdan);
qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari oʻzgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga oʻtkazilganda (turar yoki noturar joy koʻchmas mulk obyektida rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno);
b) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda:
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganda;
avval davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, amalda boʻlgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar (davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yoʻli bilan tasdiqlangan) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va reyestrdan koʻchirma berish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari oʻzgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga oʻtkazilganda (turar yoki noturar joy koʻchmas mulk obyektida rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish mavjud boʻlgan hamda huquq boshqa shaxsga oʻtgan hollar bundan mustasno);
sud tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻlgan huquqni belgilovchi hujjat haqiqiy emas deb topilishi natijasida oldingi huquq egasining koʻchmas mulkka boʻlgan huquqi tiklangan taqdirda, ushbu huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganda;
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi oʻzgarganda.
3. Kadastr pasportini yangilash zarurati yuzaga kelganda, yangi tashkil qilingan (rekonstruksiya qilingan) koʻchmas mulk obyektlari xatlovdan oʻtkaziladi va ularning narxi ushbu Nizomga muvofiq belgilanadi.
4. Yangi obyektga kadastr pasportini rasmiylashtirishda faqat kadastr pasportini shakllantirish va geokod berish uchun haq undiriladi.
5. Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 25 foizini, Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga, shuningdek, I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno). Bunda davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun yigʻim Ijtimoiy reyestrning:
“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi.
51. Taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslar uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno).
6. Ushbu ilovaga muvofiq belgilangan davlat xizmatlari uchun jismoniy shaxslarga hisoblangan haq miqdorlariga quyidagi kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllanadi:
tumanlarda (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar, tuman boʻysunuvidagi shaharlar va tuman markazi hisoblangan shaharchalar bundan mustasno) — 0,9;
borish qiyin boʻlgan va togʻli hududlarda — 0,8.
7. Oʻzbekiston Respublikasining “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq dehqon xoʻjaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
8. Sud boshqaruvchilari uchun davlat xizmatlari oldindan toʻlovlarni amalga oshirilmasdan koʻrsatiladi, koʻrsatilgan xizmat toʻlovining oʻrni sud boshqaruvchisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni 150-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda toʻlanadi.
