Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (2282-2-son)
08.07.2014
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 8-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2282-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-maydagi 121-sonli “Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 14-oktabrdagi 63-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2282, 2011-yil 17-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 45-46-son, 483-modda) bilan tasdiqlangan Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 24-iyun,
45-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 24-iyundagi 45-sonli buyrugʻiga ILOVA
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. III bob quyidagi mazmundagi 301-band bilan toʻldirilsin:
“301. I guruh nogironi va 80 yoshga toʻlgan keksalarga qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomasi (keyingi oʻrinlarda — tekshirish dalolatnomasi deb yuritiladi) har 12 oyga ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Tekshirish dalolatnomasining bir nusxasi I guruh nogironi va 80 yoshga toʻlgan keksalarning pensiya yigʻmajildiga tikiladi, ikkinchi nusxasi qarab turgan shaxsga beriladi.
Qarab turgan shaxsga pensiya tayinlashda tekshirish dalolatnomasi ushbu shaxsning pensiya yigʻmajildiga tikiladi.
Tekshirish dalolatnomasi I guruh nogironi, shuningdek 80 yoshga toʻlgan keksaga qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomasini roʻyxatga olish kitobida qayd etilishi lozim (mazkur Yoʻriqnomaning 22a-ilovasi).”.
2. 39-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda murojaat etish kuni deb I yoki II guruh nogironligini belgilash sanasi hisoblanadi.”.
3. 50-bandda:
birinchi xatboshidagi “uning talabiga” degan soʻzlar “pensionerning yangi yashash manzili boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi soʻroviga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Pensionerning davlat oldida u tomonidan sodir etilgan suiisteʼmolliklar (ataylab notoʻgʻri maʼlumotlar bilan hujjatlar taqdim etilishi, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etilmasligi) natijasida pensiyalar summasining ortiqcha toʻlanishi boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlganda pensiya yigʻmajildi yetkazilgan zarar toʻliq qoplangandan soʻng beriladi.”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. 51-bandda:
birinchi xatboshidagi “boshlab” degan soʻzdan keyin “, lekin uning tomonidan hisobga qoʻyish maqsadida murojaat etilganidan oldingi uch yildan oshmagan davr uchun” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Boshqa davlatdan kelgan shaxsning, shu jumladan, ilgari Oʻzbekiston Respublikasidan ketgan shaxsning pensiya yigʻmajildini hisobga qabul qilib olishda, uning boshqa davlatda pensiya olganligidan qatʼi nazar, pensiya hisobga qabul qilish toʻgʻrisida murojaat qilingan vaqtda amalda boʻlgan qonun hujjatlari talablariga muvofiq hisoblab chiqiladi va Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga murojaat etgan kundan boshlab toʻlanadi.”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
5. 1-ilovada:
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
quyidagi mazmundagi 26-band bilan toʻldirilsin:
6. 2-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.
7. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda 22a-ilova bilan toʻldirilsin.
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
“Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 22a-ILOVA
I guruh nogironi, shuningdek 80 yoshga toʻlgan keksaga qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomasini roʻyxatga olish
KITOBI
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 28-son, 347-modda)
