Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (PQ-2203-son)
04.07.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublikaga ayrim turdagi mahsulotlarni olib kirishni yanada tartibga solish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 5-avgustdagi PQ-1169-sonli qaroriga 2014-yil 1-avgustdan ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 4-iyul,
PQ-2203-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-iyuldagi PQ-2203-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 5-avgustdagi PQ-1169-sonli qaroriga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 5-avgustdagi PQ-1169-sonli qarorining 1-ilovasida:
15 — tovar guruhida:
toʻrtinchi satrdan keyin quyidagi mazmundagi satr bilan toʻldirilsin:
Beshinchi-oltinchi satrlar tegishli ravishda oltinchi-yettinchi satrlar deb hisoblansin;
oltinchi satrdan keyin quyidagi mazmundagi satr bilan toʻldirilsin:
yettinchi — oʻninchi satrlar tegishli ravishda toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi satrlar deb hisoblansin.
