Tuman hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini 2014-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (117-son)
11.03.2014
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani xokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori hamda viloyat hokimining 2014-yil 3-yanvardagi 03-05/2-son yigʻilish bayoniga asosan tuman hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini 2014-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Viloyat hokimining 2014-yil 3-yanvardagi 03-05/2-sonli yigʻilish bayoni maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tuman hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va belgilangan tartibda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) organlaridan roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositalari 2014-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
3. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilishi belgilab qoʻyilsin:
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, mikroavtobuslar va oʻrindiq joylari soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ulardagi tirkamalar — bir yilda ikki marta;
b) ishlab chiqarilganiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakli transport vositalari uchun belgilangan muddatlarda taqdim etish.
4. 2014-yil davlat texnik koʻrigini uyushqoqlik bilan sifatli oʻtkazish, shuningdek texnik koʻrik oʻtkazish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga*:
transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
5. Tuman IIB YHXG (I. Majakov) va tuman Mudofaa ishlar boʻyicha boʻlimiga:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorining 5-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-martdan — 30-iyungacha;
ikkinchi marta — 1-sentabrdan — 31-oktabrgacha.
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
1-martdan — 30-iyungacha.
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
1-yanvardan — 31-avgustgacha oʻtkazilsin;
davlat texnik koʻrigini sifatli va belgilangan muddatlarda oʻtkazish uchun muhandis xodimlar va mutaxassislar bilan birgalikda haydovchi nomzodlarni tayyorlovchi oʻquv tashkilotlari hamda tuman Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimining xodimlarini ishtirok etilishi taʼminlansin;
oʻtkazilgan texnik koʻrik natijalari boʻyicha har oy yakuni bilan yuqori tashkilotlarga yozma ravishda maʼlumotnomalar kiritilsin hamda tuman hokimligi huzuridagi harakat xavfsizligi komissiya yigʻilishlarida muhokama etib borish vazifalari yuklatilsin.
6. Tuman hokimining 2013-yil 28-fevraldagi 123-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari B. Abdurayimov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim X. SAMATOV
Oltinsoy t.,
2014-yil 11-mart,
117-son
