Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (2599-son)
02.07.2014
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 2-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2599]
Oʻzbekiston Respublikasining “Naslchilik toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. TESHAYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 11-iyun,
148-son
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2014-yil 11-iyundagi 148-sonli buyrugʻiga ILOVA
Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
naslli mahsulot (material) — nasldor hayvon, uning urugʻi va embrionlari, nasldor tuxum, ipak qurti urugʻi;
sertifikat — nasldor hayvonning kelib chiqishi, mahsuldorligi va boshqa sifatlarini, shuningdek urugʻ yoki embrionning sifatini tasdiqlovchi hujjat;
naslchilik subyektlari — naslchilik ishi bilan shugʻullanuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, korxonalar va xoʻjaliklar, seleksiya markazlari, ippodromlar, immunogenetik nazorat laboratoriyalari, nazorat-sinov stansiyalari, embrionlarni koʻchirib oʻtkazish (transplantatsiya) markazlari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar – naslli mahsulot egalari;
2. Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirish nasldor hayvonlarning kelib chiqishi va mahsuldorligini, ularda genetik nuqsonlar yoʻqligini, shuningdek urugʻ yoki embrionlarning kelib chiqishi va sifatini aniqlash hamda hujjatlar bilan tasdiqlash maqsadida oʻtkaziladi.
3. Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining hududiy boshqarma (boʻlimlari) (bundan buyon matnda hududiy boshqarma (boʻlim) deb yuritiladi) tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida akkreditatsiya qilingan seleksiya markazlari, chorvachilik nazorat-sinov stansiyalari, ippodromlar, sut, jun sifatining seleksiya nazorati laboratoriyalari va immunogenetik ekspertiza laboratoriyalari ishtirokida amalga oshiriladi.
2-bob. Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish
4. Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish uchun naslchilik subyekti tomonidan tegishli hududiy boshqarma (boʻlim)ga naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilinadi. Arizaga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda naslli mahsulot (material) haqida maʼlumotnoma, shuningdek tegishliligi boʻyicha naslli mahsulot (material) bonitirovkasi va nasldor erkak hayvonlarni baholash natijalari boʻyicha maʼlumotlar ilova qilinadi.
5. Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Bunda naslli mahsulot (material) uning kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlar yordamida zootexnik-seleksioner ishtirokida ekspertizadan oʻtkaziladi.
6. Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish jarayonida naslchilik subyekti tomonidan hududiy boshqarma (boʻlim)ga taqdim etilgan hujjatlar yoki ulardagi maʼlumotlar toʻliq emasligi aniqlangan taqdirda, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun uch ish kunigacha muddat beriladi.
7. Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha hududiy boshqarma (boʻlim) tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida akkreditatsiya qilingan seleksiya markazlari, chorvachilik nazorat-sinov stansiyalari, ippodromlar, sut, jun sifatining seleksiya nazorati laboratoriyalari va immunogenetik ekspertiza laboratoriyalari ishtirokida naslli mahsulotga (materialga) sertifikat berish yoki sertifikat berishni rad etish haqida xulosa tuziladi.
Ushbu xulosaga asosan, hududiy boshqarma (boʻlim) tomonidan mazkur Nizomning 2 — 15-ilovalariga muvofiq shakllarda tegishli sertifikat rasmiylashtiriladi.
8. Mazkur Nizomning ilovalarida nazarda tutilmagan naslli mahsulotlarga (materiallarga) ularning xususiyatlari inobatga olingan holda sertifikat rasmiylashtiriladi.
9. Har bir sertifikat qatʼiy hisobda turuvchi blanka boʻlib, oʻz seriyasi va raqamiga ega boʻladi.
10. Sertifikatning seriyasi quyidagilardan iborat boʻladi:
“UZ” qisqartma belgisi;
mazkur Nizomning 16-ilovasiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar nomlarining lotin alifbosidagi qisqartmasi;
mazkur Nizomning 17-ilovasiga muvofiq tuman va shaharlarning kodi.
11. Sertifikatning raqami quyidagilardan iborat boʻladi:
mazkur Nizomning 18-ilovasiga muvofiq tegishli turdagi naslli mahsulotning (materialning) shartli kodi;
har bir naslli mahsulotning (materialning) hududiy boshqarma (boʻlim) tomonidan beriladigan oltita raqamdan iborat kodi.
12. Naslchilik subyekti tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan yoki ulardagi kamchiliklar uch ish kuni ichida bartaraf etilmagan taqdirda, sertifikat berish rad etiladi va bu haqida asoslantirilgan yozma javob beriladi.
13. Sertifikat berish rad etilgan taqdirda, naslchilik subyekti tegishli hududiy boshqarma (boʻlim) tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan qayta murojaat qilishga haqli. Bunda sertifikat berishni ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Naslli mahsulotlarga (materiallarga) berilgan sertifikatlarni roʻyxatga olish kitobini yuritish
14. Hududiy boshqarma (boʻlim)lar tomonidan mazkur Nizomning 19-ilovasiga muvofiq shaklda Naslli mahsulotlarga (materiallarga) berilgan sertifikatlarni roʻyxatga olish kitobi yuritiladi.
15. Naslli mahsulotlarga (materiallarga) berilgan sertifikatlarni roʻyxatga olish kitobi ip oʻtkazib tikilgan va tegishli hududiy boshqarma (boʻlim) boshligʻining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi zarur.
16. Naslli mahsulotlarga (materiallarga) berilgan sertifikatlarni roʻyxatga olish kitobini toʻldirishda yoʻl qoʻyilgan xato bir chiziq bilan oʻchiriladi va keyingi qatorga toʻgʻri yozuv kiritiladi.
17. Hududiy boshqarma (boʻlim)lar tomonidan har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 3-sanasigacha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga Naslli mahsulotlarga (materiallarga) berilgan sertifikatlarni roʻyxatga olish kitobidan koʻchirma taqdim etiladi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
18. Naslli mahsulotga (materialga) berilgan sertifikat yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, naslchilik subyektining arizasiga muvofiq uch kun ichida uning dublikati beriladi.
19. Naslli mahsulotga (materialga) berilgan sertifikat notoʻgʻri maʼlumotlar asosida rasmiylashtirilganligi aniqlangan taqdirda, hududiy boshqarma (boʻlim) tomonidan bekor qilinadi.
20. Naslchilik subyektlari naslli mahsulotlarga (materiallarga) sertifikat olish uchun taqdim etgan hujjatlaridagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgardir.
21. Hududiy boshqarma (boʻlim)lar va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida akkreditatsiya qilingan seleksiya markazlari, chorvachilik nazorat-sinov stansiyalari, ippodromlar, sut, jun sifatining seleksiya nazorati laboratoriyalari va immunogenetik ekspertiza laboratoriyalari naslli mahsulotlarni (materiallarni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazishning mazkur Nizomda belgilangan tartibiga rioya qilinishi uchun javobgardir.
22. Mazkur Nizom Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi direktori A. QURBONOV
2014-yil 11-iyun.
Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
SUTDOR ECHKI SERTIFIKATI (old tomoni) UZ AA-00 000000-000000 Individual raqami: oʻng quloq ________________ chap quloq ______________________ Tugʻilgan sanasi _____________________ Jinsi _______________________________ Davlat nasldor hayvonlar kitobidagi raqami ________________________________________________________ Zoti _______________________________ Zotdorligi __________________________ Sut mahsuldorligi: miqdori ____________kg, yogʻ ____________%, oqsil __________%. Tirik vazni, kg ________________________ Yoshi, oy, kun ________________________ Genetik ekspertiza natijalari______________________________________________ Oxirgi bonitirovka oʻtkazilgan sana _______________________ Klassi _____________________________ Sertifikat berildi_______________________________________________________ Sotilganligi haqida maʼlumot_______________________________________________ ______________ veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻi _____________ _________________ (imzo) (F.I.O.) M.Oʻ. 20__ yil “____” _______________
Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 11-ILOVA
Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 12-ILOVA
Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 13-ILOVA
Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 14-ILOVA
Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 15-ILOVA
Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 16-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar nomlarining lotin alifbosidagi qisqartmalari
T/r Nomi Qisqartmasi 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi QR 2. Andijon viloyati A№ 3. Buxoro viloyati BX 4. Jizzax viloyati JZ 5. Qashqadaryo viloyati QV 6. Navoiy viloyati №V 7. Namangan viloyati №A 8. Samarqand viloyati S№ 9. Surxondaryo viloyati SD 10. Sirdaryo viloyati SI 11. Toshkent viloyati TV 12. Fargʻona viloyati FA 13. Xorazm viloyati XZ
Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 17-ILOVA
Tuman va shaharlarning
KODLARI
Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 18-ILOVA
Naslli mahsulotlarning (materiallarning) shartli KODI
Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 19-ILOVA
